Kichik tibbiy xodim

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Yashnobod tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 13 ko'rish 📅 20.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Shaxar 2-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxona Bo'lim: 1-Bo'lim Vazifalar: Shaxsiy gigiena: Og‘ir yotgan bemorlarni yuvintirish, ularning sochini olish, tirnoqlarini olish, tishlarini tozalash va yuz-qo‘llarini yuvishda ko‘maklashish. To‘shak va kiyim almashtirish: Bemorlarning ichki va to‘shak kiyimlarini ifloslanishiga qarab, shuningdek, belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida almashtirish. Fiziologik ehtiyojlar: Bemorlarga sudralma (suido) va siydik qabul qilgichlarni berish, ularni bo‘shatgandan so‘ng yuvib, dezinfeksiya qilish. Ovqatlanishda ko‘maklashish: O‘zi ovqatlanolmaydigan ojiz yoki og‘ir bemorlarni qoshiqda ovqatlantirish. 2. Sanitariya-gigiena va tozalash ishlari Xonalarni tozalash: Palatalar, yo‘laklar, oshxona, muolaja xonalari va boshqa xonalarda kuniga bir necha marta namli tozalash (nam yig‘ishtirish) ishlarini amalga oshirish. Dezinfeksiya: Ishlatilgan tibbiy buyumlar, parvarish vositalari, pollarni sanitariya me’yorlariga muvofiq maxsus eritmalar bilan zararsizlantirish va dezinfeksiya qilish. Chiqindilarni yig‘ish: Tibbiy va maishiy chiqindilarni belgilangan qoidalarga ko‘ra turkumlarga ajratib yig‘ish hamda ularni xavfsiz joyga olib chiqib ketishni ta'minlash. Ish sharoitlari: grafik asosida Manzil / aloqa: Тошкент шахар Яшнобод тумани Авиасозлар 4-мавзе +998712965977

✅ Talablar

Ta’lim: Kichik tibbiy xodim lavozimlarida ishlash uchun odatda umumiy o‘rta ta’lim (maktabni tugatganlik) yoki qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslarini (masalan, kichik tibbiyot xodimlari/parvarishlash kurslarini) tamomlaganlik haqidagi hujjat talab etiladi. Ayrim turdagi kichik tibbiy xodim lavozimlari (masalan, kichik tibbiyot hamshiralari) uchun tibbiyot kollejlari/texnikumlarining boshlang‘ich professional ta’lim bosqichi yoki maxsus tayyorgarlik kurslaridan o‘tganlik sertifikati talab qilinishi mumkin.

📎 Manba