Yuriskonsul't

Doimiy Ish
📍 Sirdaryo viloyati, Guliston shahri 💰 1 561 423 so'm 👁️ 12 ko'rish 📅 20.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi Bo'lim: Yuridik bo‘lim Vazifalar: O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha. Manzil / aloqa: Гулистон шаҳар Ўзбекистон шох кўчаси 3-уй 67-226-37-00

✅ Talablar

Bakalavr darajasidan kam boʻlmagan oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi yoki O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar. Magistratura, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan shaxslarga afzallik beriladi. Yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim. Davlat tilini bilishi, suhbat jarayonida og‘zaki va yozma nutqda fikrlarini uzviy ifoda eta olishi lozim. Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzallik beradi. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha minimal bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi. Qo‘mita faoliyati bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi. Doimiy ravishda malakasini oshirganligi. Normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘lishi. Strategik va tahliliy fikr yurita olish, qarorlarni tez qabul qila olish hamda ularni bajara olishi. Tashkilotchilik va xodimlarni boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi. O‘z fikr-mulohazalarni hamda takliflarni taqdim qila olish qobiliyatiga ega bo'lishi talab etiladi. Tajriba: kamida 2 yil

📎 Manba