SHo‘bа boshlig‘i
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Qashqadaryo viloyati Sog'liqni saqlash bosh boshqarmasi
Bo'lim: Farmatsevtika mahsulotlari bilan ishlash shu'basi
Vazifalar:
Shu‘ba faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Davlat tibbiyot muassasalarining dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika vositalariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish hamda tahlil qilish.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
Farmatsevtika mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, taqsimlash va hisobini yuritish jarayonlari ustidan nazoratni amalga oshirish.
Tibbiyot muassasalarida dori vositalaridan oqilona foydalanish holatini monitoring qilish.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar zaxirasini shakllantirish hamda ularning maqsadli sarflanishini nazorat qilish.
Markazlashgan xaridlar bo‘yicha takliflar tayyorlash va xarid jarayonlarida ishtirok etish.
Tuman va shahar tibbiyot birlashmalari hamda boshqa davolash-profilaktika muassasalari bilan hamkorlik qilish.
Farmatsevtika mahsulotlari bilan bog‘liq hisobotlar, ma’lumotnomalar va tahliliy axborotlarni tayyorlash.
Sohada aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati, xavfsizligi hamda belgilangan tartibda saqlanishi yuzasidan nazorat tadbirlarini tashkil etish.
Rahbariyat topshiriqlari va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash.
Ish sharoitlari:
5 ish kuni 9 dan 18;00 gacha
Manzil / aloqa:
Қарши шхар Хонобод Шох кўчаси, 28-уй
99875-224-03-41
✅ Talablar
Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (farmatsiya, tibbiyot, sog‘liqni saqlashni boshqarish yoki tibbiy menejment yo‘nalishlari bo‘yicha).
Sog‘liqni saqlash tizimida kamida 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi, shundan kamida 2 yil farmasevtika boshqaruvi lavozimida ishlagan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni mukammal bilishi.
Davlat xaridlari, logistika, ombor xo‘jaligi va farmatsevtika mahsulotlarini taqsimlash tartiblarini bilishi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimiga oid qonunchilik hujjatlarini bilishi.
Tahliliy fikrlash, rahbarlik, muzokara olib borish va jamoani boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi, Microsoft Office va tegishli axborot tizimlarida ishlay olishi.
Davlat tilida erkin ish yurita olishi.
Tajriba: kamida 2 yil