Bosh yuriskonsult
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Jizzax viloyat Madaniy meros boshqarmasi
Bo'lim: Mutaxassis xodimlar
Vazifalar:
-mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etish;
-mehnat shartnomasi bilan o‘z zimmasiga yuklatilgan mehnat majburiyatlarini vijdonan bajarish;
-odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
-ichki mehnat tartibiga rioya etish;
-mehnat intizomiga rioya etish;
-belgilangan mehnat normalarini bajarish;
-mehnatni muhofaza qilish talablariga, texnologiya intizomiga, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya etish;
-ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
-ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va doirada qoplash;
-insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga, ish beruvchining mol-mulki (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida bo‘lgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar bo‘lsa) but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi to‘g‘risida ish beruvchiga yoki bevosita rahbarga darhol xabar qilish;
-boshqa xodimlarning o‘z mehnat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmaslik;
-Boshqarmaning sohaga oid buyruqlari, Boshqarma nizomi va buyruqlari, jamoa shartnomasidan xabardor boʻlish va mazkur lavozim yo‘riqnomasida keltirib oʻtilgan talablarga rioya etish;
-ish davomida oʻziga ma’lum boʻlgan konfidensial ma’lumotlarni va Boshqarmada agar mavjud boʻlsa va oʻziga ma’lum boʻlib qolsa tijorat sirini oshkor etmaslik;
-O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etish;
ijro intizomini buzmaslik;
-mazkur lavozim yo‘riqnomasida belgilangan vazifa va funksiyalarni toʻliq va vijdonan bajarish;
unga ushbu lavozim yo‘riqnomsi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan yuklangan funksiyalarni zarur darajada va samarali bajarishi;
-Boshqarmada qonun buzilishi holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori turuvchi organga, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;
-belgilangan tartibda va muddatlarda malaka oshirishi va attestatsiyadan o‘tishi shart;
-Bosh yuriskonsultning zimmasida mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlarga va mehnat shartnomasiga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Ish sharoitlari:
Yarim stavka
Manzil / aloqa:
Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko'chasi 5-uy, H.Olimjon va Zulfiya muzeyi binosi
998995082255
✅ Talablar
Bosh yuriskonsult lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoxud Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan, shuningdek, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida bir yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
Tajriba: kamida 1 yil