Mingbuloq tumani "Guliston" mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli

Doimiy Ish
📍 Namangan viloyati, Mingbuloq tumani 💰 3 591 704 so'm 👁️ 9 ko'rish 📅 21.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Mingbuloq tumani hokimligi Bo'lim: Mahallalardagi xotin-qizlar faollari Vazifalar: Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko'rsatgan, fidoyi va sadoqatli bo'lishi; • Ichki ishlar organlari bilan birgalikda notinch, noqobil oilalarda sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshira olishi; • Ta'lim muassasalarida o'quvchi qizlarning tarbiyasi va ularning ongida oilaviy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini mustahkamlash, oilaviy hayotga tayyorlash tadbirlarini ta'sirchan usullarda tashkil eta olishi; • Mahalla hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang'ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish yo'l-yo'riqlarini bilishi va ularni o'z atrofiga jipslashtira olish qobiliyatiga ega bo'lishi. Ish sharoitlari: Dushanba-juma Manzil / aloqa: O'zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Mingbuloq tumani Jomasho'y shaharchasi, Bo'ston ko'chasi 30-uy +998694521758

✅ Talablar

Oliy ma'lumotga ega bo'lishi kerak (istisno tariqasida sohadagi tajribasiga ko'ra o'rta-maxsus) ma'lumotiga egaligi; • Tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o'rtasida obro'-e'tiborga ega bo'lishi; • Oilali bo'lishi; • Kompyuter va biriktirilgan planshetlarda, internet dasturlarida ishlay olishi; Davlat rahbari tomonidan Yangi O'zbekistonni barpo etish borasidagi islohotlardan, xususan, xotin-qizlar yo'nalishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlardan xabardor bo'lishi; • Fuqarolarni tinglash qobiliyatiga va muomala madaniyatiga ega bo'lishi; Fuqarolarning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qila olishi; • Fuqarolarga yordam ko'rsatishda adolatlilik, halollik, xolislik tamoyiliga qat'iy amal qilishi va manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymasligi; • Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lishi; • Oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko'rsatgan, fidoyi va sadoqatli bo'lishi; • Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; • Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, soha bo'yicha muammolardan kelib chiqib, ularning yechimi bo'yicha takliflar ishlab chiqa bilishi lozim. • Mazkur mahalla hududida yoki yondosh hududlarda istiqomat qilishi (ustuvorlik beradi). • Kompyuterdagi dasturiy majmualar Microsoft Word, Exsel va Power Point dasturlarida erkin ishlashi. - Nomzodning O‘zbekiston Respublikasi Yagona milliy mehnat tizimida (YaMMT IDAK) ma’lumotlari to‘liq bo‘lishi shart.

📎 Manba