bolalar UTT-shifokori
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yashnobod tumani I.Irgashev nomli shahar 4-son klinik shifoxonasi
Bo'lim: Умумкасалхона
Vazifalar:
- Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, go‘daklar va bolalarda belgilangan tartibda UTT tekshiruvlarini o‘tkazish
- Bosh miya (neyrosonografiya), qorin bo‘shlig‘i, buyrak, yurak (EHO), qalqonsimon bez va boshqa a’zolar UTT tekshiruvlarini amalga oshirish
- Tekshiruv natijalariga asosan tibbiy xulosa tuzish va tibbiy hujjatlarga kiritish
- Ota-onalar (yoki qonuniy vakillar) bilan muloqotda tibbiy etika qoidalariga rioya qilish
- Infeksiya tarqalishining oldini olish choralariga qat’iy amal qilish
- Tibbiy asbob-uskunalardan to‘g‘ri va ehtiyotkorlik bilan foydalanish, ularning soz holatda saqlanishini ta’minlash.
- Zarurat tug‘ilganda bolani boshqa mutaxassis shifokorlarga yo‘naltirish
- Hisobot va statistik hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish
- Tibbiy maxfiylikni saqlash
- O‘z kasbiy malakasini muntazam oshirib borish
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Ташкент, Яшнободский район, махаллинский сход граждан Бирлашган
71.296-14-22
✅ Talablar
- Oliy tibbiy ma’lumot (pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha)
- UTT (ultratovush diagnostikasi) bo‘yicha qayta tayyorlash yoki malaka oshirish kursini tugatganligi haqida sertifikat
- Mutaxassislik bo‘yicha amaldagi sertifikat mavjud bo‘lishi
- Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarda UTT-tekshiruvlarini o‘tkazish asoslarini bilishi
- Sanitariya-gigiyena va infeksiya nazorati qoidalarini bilishi
- Tibbiy hujjatlarni yuritish tartibini bilishi
- Tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qila olishi