Direktor yordamchisi

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri , Mirzo Ulug‘bek tumani 💰 5 225 335 so'm 👁️ 8 ko'rish 📅 22.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O'zbekiston Respublikasi Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Bo'lim: Direktor yordamchisi Vazifalar: Majburiyatlar: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etish, Davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonun, o‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi, Ichki mehnat tartibi qoidalari, mehnat intizomi, Jamoa shartnomasi shartlari va ichki lokal hujjatlar (odob-axloq qoidalari, ma’muriy binoga kirish-chiqish, xorijga chiqish tartiblari, tashkilot va tuzilma nizomlari va boshqa qoidalar)ga rioya etish, belgilangan mehnat normalarini bajarish. Ish sharoitlari: 5 kunlik ish kuni: Dushanba, Seshanba, Chorshanba, Payshanba, Juma 09:00 dan 18:00 gacha. Shanba, Yakshanba dam olish kunlari. Manzil / aloqa: 100043, Toshkent sh., Chilonzor t., Bunyodkor shoh k., 7a-uy +99871 207-32-23, 1275, 1205

✅ Talablar

Mutaxassisligi: Yurisprudensiya, xalqaro iqtisodiyot, davlat boshqaruvi, korporativ boshqaruvi, menejment va strategik boshqaruv. Mehnat staji: Umuiy ish staji 3 yildan kam bo‘lmagan, davlat organlarida 2 yil ish tajribasi (davlat tashkilotlarida rahbar yordamchisi lavozimida ishlaganlarga afzallik beriladi). Davlat tilini hamda rus va ingliz tillarini mukammal bilishi shart (inliz tili bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lishi kerak). Magistratura, ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega bo‘lgan shaxslarga afzallik beriladi. Rivojlangan davlatlarning (TOP-1000) oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan shaxslarga ustunlik beriladi. Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi MS Word (hujjat loyihalarini shakllantirish), MS Excel, MS PowerPoint (prezentatsiyalar) va (ma’lumotlar bazasini boshqarish) dasturlarida mukammal ishlash. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi. Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish. Shaxsiy talablar: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, sudlanmagan bo‘lishi kerak. Mehnatsevar, mas’uliyatli, fikrini to‘liq va ravon bayon eta olishi, tashabbuskorlik, vatanparvarlik xususiyatlari, strategik tahlil va ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Tajriba: kamida 2 yil

📎 Manba