Hokim yordamchisi (Buxoro tuman Yangiobod MFY) vazifasini bajaruvchi

Doimiy Ish
📍 Buxoro viloyati, Buxoro tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 7 ko'rish 📅 22.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Buxoro tuman hokimligi Bo'lim: Mahalla fuqarolari yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi Vazifalar: O'rnatilgan lavozim yo'riqnomasi talablarini bajarish Ish sharoitlari: Dushanbadan Jumagacha soat 09:00 dan 18:00 gacha Manzil / aloqa: Gala-osiyo shahri, Buyuk ipak yo’li shoh ko’chasi, 54-uy 54-23-215

✅ Talablar

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. 2. Oliy ma’lumotga va lavozim yo‘nalishi bo‘yicha iqtisodiyot, bank ishi, moliya mutaxassislikka ega bo‘lishi. 3. Davlat tilini mukammal darajada bilishi (xorijiy tillardan birini yaxshi bilishi (til bilish darajasi) ustunlik beradi). 4. Umumiy ish staji kamida 5 yil, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarida, viloyat boshqarma, idora va tashkilotlarida (istisno tariqasida nodavlat tuzilmalarda va tadbirkorlik sub’ektlarda) kamida 3 yil ishlagan bo‘lishi. 5. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilmagan bo‘lishi. 6. Sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilinmagan bo‘lishi. 7. Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilmagan bo‘lishi. 8. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli va samarali bajara oladigan hamda boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lishi. 9. Odob-ahloq normalariga rioya etadigan. 10. Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat faoliyati davomida ijobiy xulosaga ega bo‘lgan. 11. Zamonaviy raqamli vositalarni ishlatish (kompyuter dasturiy majmualarida ishlash) qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Tajriba: kamida 5 yil

📎 Manba