Bo'lim boshlig'i
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada to'lovlar agentligi
Bo'lim: Qishloq xo'jaligi korxonalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash bo'limi
Vazifalar:
O‘rnatilgan tartibda lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.
✅ Talablar
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, sohaga oid boʻlgan boshqa qonunosti va normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi va ushbu xujjatlardan oʻz faoliyatida foydalana olishi
1. sohada yangi ilgʻor innovatsion texnologiyalar va ilm-fan yutuqlaridan xabardor boʻlishi;
2. sohani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, yangiliklarni jalb etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish koʻnikmasiga ega boʻlishi;
3. ichki tartib qoidalar va ijro intizomi qoidalarini bilishi;
4. qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilayotgan soʻnggi islohotlardan xabardor boʻlishi;
5. davlat organining yuqori turuvchi idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati organlari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan munosabatlarini bilishi;
6. davlat organi faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashga oid bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi lozim.
7. sohada olib borilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini tahlil etishi hamda asosli takliflar tayyorlashi;
8. davlat organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan sohani rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tayyorlanishida ishtirok etishi;
9. ilgʻor tajribalar hamda zamonaviy chet el texnologiyalari va ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy qilishi;
10. joylarda ilgʻor innovatsion texnologiyalar, ilm-fan yangiliklarini tadbiq etish boʻyicha soha olimlari ishtirokida koʻrgazmali seminarlar tashkil etishi;
11. boʻlim xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishi, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va ahamiyatini doimiy yetkazilishini taʼminlashi lozim.
Xorijiy tillarni (ingliz, rus, nemis tillari) bilishi, ilmiy darajaga (fan nomzodi, falsafa doktori – PhD, fan doktori – DSc) va sohada koʻp yillik ish stajiga ega boʻlishi) ustuvorlik beradi.
Tajriba: kamida 3 yil