Boshqarma boshlig'i o'rinbosari
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Bo'lim: Jahon savdo tashkiloti boshqarmasi
Vazifalar:
Qo‘shimcha talablar:
Jahon savdo tashkilotining maqsadlari, tamoyillari, bitimlari va faoliyat mexanizmlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoniga oid vazifalar va muzokaralar yo‘nalishlarini chuqur bilishi lozim. Tashqi savdo siyosati, tarif va notarif tartibga solish, savdo rejimlari, xalqaro savdo qoidalari hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtirish, muzokaralar uchun tahliliy materiallar, ma’lumotnomalar, hisobotlar va taqdimotlar tayyorlash, xalqaro hamkorlar bilan yozishmalar olib borish hamda uchrashuv va muzokaralarni tashkil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar va manfaatdor idoralar vakillari bilan samarali muzokaralar olib borish hamda xizmat vazifalariga oid masalalar yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Strategik va tahliliy fikrlash, jamoani boshqarish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, tezkor
va asoslantirilgan qarorlar qabul qilish hamda yuqori darajadagi kommunikatsiya ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.
Ish sharoitlari:
Dushanba - Juma 9.00-18.00
Manzil / aloqa:
TOSHKENT SHAHRI, MIROBOD TUMANI, ISLOM KARIMOV, 1
+998712385000 (452)
✅ Talablar
Ma’lumoti: Xalqaro iqtisodiyot, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, xalqaro savdo yoki huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Tegishli yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
Mutaxassisligi: Xalqaro iqtisodiy munosabatlar, jahon iqtisodiyoti, xalqaro savdo, savdo siyosati, xalqaro huquq yoki iqtisodiyot.
Mehnat staji: Xalqaro iqtisodiyot, xalqaro savdo, savdo siyosati, iqtisodiyot yoki xalqaro munosabatlar sohalarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lishi, shundan kamida 3 yil rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan bo‘lishi lozim. Jahon savdo tashkiloti bilan hamkorlik, xalqaro savdo muzokaralari yoki xalqaro iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishlarida ish tajribasiga ega nomzodlarga ustunlik beriladi.
Til bilish darajasi: Davlat tilini mukammal, rus tilini yaxshi hamda ingliz tilini kamida B2 darajasida bilishi lozim. Ingliz tilida rasmiy yozishmalar olib borish, xalqaro hujjatlar bilan ishlash va muzokaralarda ishtirok etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.
Kompyuter savodxonligi: Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint), elektron hujjat aylanishi tizimlari, internet tarmog‘i hamda xalqaro iqtisodiy ma’lumotlar bazalaridan professional darajada foydalana olishi lozim.
Tajriba: kamida 5 yil