Шифокор
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi
Bo'lim: Куйганлар токсикология қабул бўлими
Vazifalar:
- Mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko’rsatish punktiga olib kelingan yoki o’zi murojaat qilgan shaxslarni zudlik bilan tibbiy ko’rikdan o’tkazish va ularning umumiy holatini baholash.
- Shaxslarning alkogol, giyohvandlik vositalari yoki boshqa psixoaktiv moddalardan mastlik holatini klinik belgilar va tegishli ekspress-testlar asosida aniqlash
- O’tkir alkogolli va kimyoviy zaharlanishlar, abstinentlik holatlari hamda mastlik fonida yuzaga kelgan hayotga xavf soluvchi kritik vaziyatlarda kechiktirib bo’lmaydigan tibbiy (shu jumladan, detoksikasiya) yordam ko’rsatish.
- Mastlik holatidagi shaxslarda travmatik shikastlanishlar, kuyishlar (kombustiologik patologiyalar) yoki boshqa o’tkir somatik kasalliklar aniqlanganda, ularni tegishli ixtisoslashgan bo’limlarga o’tkazish yoki mutaxassislar chaqirtirishni tashkil etish.
- Ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan olib kelingan shaxslarni qabul qilish, tibbiy ko’rik natijalari bo’yicha rasmiy hujjatlarni qonunchilik doirasida taqdim etish.
Ish sharoitlari:
ish grafigi
Manzil / aloqa:
Тошкент шаҳри,Чилонзор тумани,Кичик Халқа йўли 2 уй
781504600
✅ Talablar
• Oliy tibbiy ma’lumot — «Davolash ishi» yo’nalishi bo’yicha bakalavr darajasi.
• "Toksikologiya", "Narkologiya", "Shoshilinch tibbiy yordam" yoki "Anesteziologiya va reanimatologiya" yo’nalishlari bo’yicha tamomlaganlik yoki ushbu sohalarda birlamchi ixtisoslashuv kursini o’tganlik.
• O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009 yil 18 dekabrdagi 319-son qarori, Klinik ordinatura to’g’risidagi Nizomining 43 bandiga asosan, 2 bosqich klinik ordinator rahbarlarining yozma tavsiyanomasi asosida soha bo’yicha tungi navbatchilik qilish yoki o’qishdan tashqari vaqtda mutaxassisligi bo’yicha ishlash.
• Bolalar yoshidagi shoshilinch holatlar farmakoterapiyasi, dozalarni vaznga qarab tezkor hisoblash va SSVning shoshilinch yordamga oid klinik bayonnomalarini (protokollarini) mukammal bilish.