bosh muhandis
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Samarqand viloyati teleradiokanali
Bo'lim: Muhandis-texniklar guruhi
Vazifalar:
II. Xuquq va majburiyatlari
2.1. Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida ko‘rsatuv va eshittirishlarning yozib olinishi va efirga uzatilishini texnik tomondan ta’minlaydi.
2.2. Kompaniya ehtiyojidan kelib chiqqan holda elektronenergiya ta’minoti bo‘yicha boshqa korxonalar bilan shartnomalar tuzishni va ta’minot hisoblari asosida oy kuni bo‘yicha taqqoslashni ta’minlaydi.
2.3. Yangi keltirilgan texnik uskunalar hujjatlarini rasmiylashtirish, hisobotlarini olib borish ishlarini nazorat qiladi.
2.4. Bo‘lim xodimlarin tomonidan ish jarayonida texnikadan foydalanish qoidalari, texnik va yong‘in xavfsizligi qoidalariga, sanitariya-gigiyena va kompaniya ichki tartib qoidalariga amal qilishlarini nazorat qiladi.
2.7. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi meyoriy-huquqiy hujjatlarni, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda korxonaning buyruq va farmoyishlarini, jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalarini, analog va raqamli televideniye, radiotexnika, elektrotexnika, elektrodinamika va magnit tasmaga yozish asoslarini, tasvir va ovoz signallarini sifatini tekshirish va tahlil qila olishi kerak.
2.8. Kompyuter texnikasidan foydalanib, turli formatlarda yozilgan ovoz yoki tasvir signallarini ko‘chirish, hajmini kichraytirish bilan bog‘liq ishlarni bajara olishi kerak.
2.9. Biror bir sababga ko‘rsa uskuna ishdan chiqsa, uni ikkilamchi uskuna bilan almashtirish va kompyuterda ishlash bilan bog‘liq ishlarni bajara olishi kerak.
Ish sharoitlari:
9-00 dan 18-00 gacha
✅ Talablar
I. Vazifalari
1.1. O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va kompaniya buyruq, farmoyish va ko‘rsatmalarini bajaradi.
1.2. Texnik nazorat xizmati ishlarining texnikadan foydalanish qoidalariga amal qilgan holda va texnik talablarga javob bergan holda tashkil etilishini nazorat qilib boradi.
1.3. Kompaniyaga zarur texnik uskunalar va ehtiyot qismlariga buyuritmalar tayyorlash va bajarilishini nazorat qiladi.
1.4. Tegishli guruh va bo‘lim boshliqlarining texnik hujjatlarini to‘g‘ri olib borayotganini va mavjud bo‘lgan texnik uskunalarga tegishli bo‘lgan texnik adabiyotlarni saqlanishi va ulardan samarali foydalanishini nazorat qiladi.
1.5. Profilaktika, ta’mirlash, o‘lchash va sozlash ishlarini olib boradi, bajarilgan ishlar hisobotini jurnallarda va o‘lchov bayonnomalarida qayd etilishini ta’minlaydi.
1.6. Xodimlarga ish joylarida samarali mehnat qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib beradi.
Tajriba: kamida 3 yil