Sergeli MFY hokimi yordamchisi vazifasini bajaruvchi

Doimiy Ish
📍 Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani 💰 6 825 000 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 24.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Quyichirchiq tuman hokimligi Bo'lim: Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha Quyi Chirchiq tumani hokimi yordamchilari Vazifalar: mahalla fuqarolar yig‘inida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish choralarin ko‘rish Ish sharoitlari: xaftaning dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma kunlari soat 9-00 dan 18-00 gacha. Tushlik soat 13-00 dan 14-00 gacha Manzil / aloqa: Тошкент вилояти Қуйи Чирчиқ тумани Дўстобод шахри Навқирон маҳалласи Навқирон кўчаси 1-уй 70-56-72-080

✅ Talablar

Bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatida (ta’sischi yoki mazkur tadbirkorlik faoliyatini boshqargan) yuqori natijalarga erishgan, intiluvchan, qobiliyati, sohada 5 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkorlar, faol yoshlar, istisno tariqasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin. Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ish, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida mutaxassis bo‘lishi lozim. Kamida 3 yil ish tajribaga ega bo‘lgan, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Qambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklarida, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimida ishlagan rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda rahbar bo‘lib ishlagan nomzodlar qabul qilinadi. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. 2022-yil 8-avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi 788-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 28-moddasiga keltirilgan talablar. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba