Ziyolilar-Paxlavon Maxmud mahallasi xotin-qizlar faoli
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Xazorasp tumani hokimligi
Bo'lim: Hazorasp tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi
Vazifalar:
Ichki ishlar organlari bilan birgalikda notinch, noqobil oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim muassasalarida o‘quvchi qizlarning tarbiyasi va ularning ongida oilaviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, oilaviy hayotga tayyorlash tadbirlarini ta’sirchan usullarda tashkil etish, mahalla hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda boshlang‘ich xotin-qizlar tashkiloti faoliyatini samarali tashkil etish va ularni o‘z atrofiga jipslashtirish, o‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba.
Manzil / aloqa:
Hazorasp tumani E.Gayasov 32
+998999615453
✅ Talablar
Oliy ma’lumotli, fuqarolarni tinglash qobiliyatiga va muomala madaniyatiga ega, fuqarolarning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qila olishi, fuqarolarga yordam ko‘rsatishda adolatlilik, halollik, holislik tamoyiliga qat’iy amal qilishi va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lishi, oila va xotin-qizlar bilan ishlash tajribasiga ega, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi va sadoqatli bo‘lishi, ijtimoiy siyosiy faol, yuksak ma’naviy-axloqiy hislatlar va boshqaruvchanlik qobiliyatiga, an’anaviy oilaviy qadriyatlarga hamda tadbirkorlik va biznesga oid bilim va tajribalarga ega lider bo‘lishi lozim.
Kamida 1 yil ish tajribaga ega, tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega, oilali bo‘lishi, 30 yoshdan oshgan 45 yoshgacha boʻlgan Gurlan tumanida doimiy yashovchi xotin-qizlar.
Mircosoft Office dasturi (Word, Excel,PowerPoint va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega, kompyuter va biriktirilgan planshetlarda internet dasturlarida ishlay olishi, yangi O‘zbekistonni barpo etish borasidagi islohotlardan, xususan xotin-qizlar yo‘nalishiga taalluqli normativ-huquqiy xujjatlardan xabardor bo‘lishi lozim.
Chet tilini bilgan nomzodlarga (xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki xorijiy mamlakatlarda oliy ta’limni bitirgan) ustunlik beriladi.
Tajriba: kamida 1 yil