Anistizolog reyanimatolog shifokor
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Xonobod shahar tibbiyot birlashmasi
Bo'lim: EMERGENCY DEPARTMENT
Vazifalar:
Operatsiya oldi ko‘rigini o‘tkazish, bemorning umumiy ahvolini baholash va anesteziya xavfi darajasini aniqlash hamda munosib og‘riqsizlantirish usulini tanlash;
Rejali va shoshilinch jarrohlik amaliyotlarida anesteziya (umumiy, mintaqaviy va boshqa turlari) o‘tkazilishini va anesteziologik nafaqani to‘liq ta’minlash;
Operatsiya jarayonida va undan keyingi davrda bemorning hayotiy muhim a’zolari faoliyatini (gemodinamika, nafas olish, qonning gaz tarkibi va h.k.) doimiy monitoring qilib borish;
Kritik va terminal holatdagi, og‘ir shok va komadagi bemorlarga shoshilinch reanimatsiya hamda intensiv terapiya choralarini to‘liq hajmda ko‘rsatish;
Nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash va ta’minlash (traxeya intubatsiyasi, laringial niqoblar o‘rnatish), sun’iy nafas berish (IVL) apparatlari rejimlarini to‘g‘ri sozlash va boshqarish;
Markaziy va periferik venalarni kateterizatsiya qilish, arterial va boshqa invaziv liniyalarni o‘rnatish;
Operatsiyadan keyingi davrda bemorlarning intensiv terapiya bo‘limidagi parvarishi va davolanishini nazorat qilish, og‘riqni qoldirish terapiyasini olib borish;
Zarurat bo‘lganda qon va uning komponentlarini quyish (gemotransfuziya) hamda infuzion-transfuzion terapiyani amalga oshirish;
Favqulodda holatlarda reanimatsion brigada tarkibida tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarni bajarish;
Tibbiy hujjatlarni (anesteziya kartasi, intensiv terapiya varaqasi va boshqalar) o‘z vaqtida, belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli va to‘liq yuritish;
Sanitariya-epidemiologiya rejimiga, aseptika va antiseptika qoidalariga hamda tibbiy etika va deontologiya mezonlariga qat’iy rioya etish.
Ish sharoitlari:
Besh kunlik
Manzil / aloqa:
Хонобод шаҳар Шифобахш кўчаси 1-уй
74-734-41-13
✅ Talablar
Ma’lumoti: Tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining «Davolash ishi» yoki «Pediatriya» mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumot;
Qo‘shimcha ta’lim / Ixtisoslik: «Anesteziologiya va reanimatologiya» mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatura yoki magistratura diplomiga ega bo‘liganlarga afzallik beriladi;
Sog‘liqni saqlash qonunchiligini bilish: Sog‘liqni saqlash sohasiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va Sog‘liqni saqlash vazirligining me’yoriy buyruqlarini bilishi;
Klinik protokollar va standartlar: Anesteziologiya va reanimatologiya sohasidagi zamonaviy profilaktika, tashxis qo‘yish, davolash hamda reanimatsiya klinik protokollari va standartlarini mukammal egallagan bo‘lishi;
Tibbiy jihozlar bilan ishlash: Zamonaviy narkoz-nfas apparatlari, sun’iy nafas berish (IVL) qurilmalari, defibrillyatorlar va hayotiy ko‘rsatkichlarni monitoring qilish jihozlaridan foydalana olish ko‘nikmasi;
AKT va tibbiy tizimlar: Kompyuter savodxonligiga ega bo‘lishi (MS Office), tibbiy axborot tizimlarida (DMED va boshqalar) ishlay olishi;
Kasbiy etika: Tibbiyot deontologiyasi, etika qoidalari hamda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya etishi.