Shifokor endokrinolog

Doimiy Ish
📍 Andijon viloyati, Andijon shahri 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 6 ko'rish 📅 24.11.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Andijon shahar 1-oilaviy poliklinikasi Bo'lim: Шифокорлар Vazifalar: Endokrinolog shifokor malakaviy tavsif talablariga muvofiq bilim va malakaga ega bo‘lishi, endokrin tizim kasalliklarini erta aniqlash, tashxislash, davolash va profilaktika qilish, bemorlarga ambulator va statsionar sharoitda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish hamda endokrin kasalliklarning o‘tkir va surunkali asoratlarini oldini olish uchun tegishli amaliy ko‘nikmalarni mustaqil bajara olishi kerak. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma.

✅ Talablar

Bakalavr darajasidagi oliy tibbiy ma’lumotga (“Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha) ega bo‘lishi, endokrin tizim kasalliklarining asosiy klinik belgilari va sindromlarini farqlay olishi, keng tarqalgan endokrin kasalliklarni, jumladan, qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, semizlik, metabolik sindrom, buyrak usti bezlari va gipofiz kasalliklarini tashxislash, davolash hamda profilaktika qilish, zarur laborator va instrumental tekshiruvlar natijalarini tahlil qila olishi, bemorlarni ambulator va statsionar sharoitda yuritishi, endokrin kasalliklarning asoratlarini aniqlashi hamda ularning oldini olish choralarini ko‘rishi, shuningdek, shoshilinch holatlarda (diabetik ketoatsidoz, gipoglikemik holat, giperosmolyar holat va tireotoksik kriz) birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorning hayotiy muhim funksiyalarini barqarorlashtirish va zarur hollarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga yo‘naltirish choralarini ko‘ra olishi zarur.

📎 Manba