Ishlab chiqarish sexi ishchilari (ayollar uchun ustuvor)

Doimiy Ish
📍 Qarshi, Qashqadaryo viloyati 💰 3 700 000 - 6 000 000 UZS 👁️ 21 ko'rish 📅 01.07.2026

📋 Tavsif

Kompaniya haqida Wosune International quritilgan oziq-ovqat ingredientlarini yetkazib berishga ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi. Kompaniya AQShda tashkil etilgan bo‘lib, barqaror qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlaydi hamda jahon bozoriga xavfsiz va sifatli mahsulotlar yetkazib beradi. Hozirda Wosune International Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi Erkin Iqtisodiy Zonada yangi zavod qurmoqda. Zavodning 2026-yil avgust oyi o‘rtalarida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan korxonamizga taxminan 120 nafar ishlab chiqarish sexi ishchilari qabul qilinadi. Mas’uliyatli, mehnatsevar va jamoada ishlashga tayyor nomzodlarni jamoamizga taklif qilamiz.   Ish joy manzili Qarshi shahri, aeroport yaqinida   Asosiy vazifalar Quritilgan sabzavotlarni saralash, yuvish va qayta ishlash; Mahsulotlarni qadoqlash, yorliqlash va qutilarga joylashtirish; Ishlab chiqarish standartlariga muvofiq sex ishlarini bajarish; Ish joyining tozaligi va sanitariya holatini saqlash; Rahbar tomonidan berilgan boshqa vazifalarni bajarish.   Talablar Ayollar uchun ustuvor; Yoshi 18–50 oralig‘ida; Sog‘lom va mehnatga layoqatli; Mas’uliyatli, intizomli va mehnatsevar; Jamoada ishlash va ish tartibiga rioya qilish qobiliyatiga ega; Korxona uch smenali tizimda ishlaydi, har smena 8 soatdan iborat. Tungi smenada ishlash imkoniyati bo‘lishi kerak (tungi smena uchun qo‘shimcha ustama to‘lanadi); Oziq-ovqat sanoati, qadoqlash yoki ishlab chiqarish korxonalarida ish tajribasi bo‘lganlarga ustunlik beriladi. Tajribasiz nomzodlar ham o‘qitilib ishga qabul qilinadi.   Ish haqi va imtiyozlar Oylik maosh (soliqlardan keyin): 3 700 000 – 6 000 000 so‘m (Mansab vazifalari, ish natijalari va tajribaga qarab belgilanadi) Bepul issiq ovqat; Bepul turar joy; Mehnat qonunchiligiga muvofiq barcha kafolatlar; Bayram va boshqa ijtimoiy imtiyozlar; O‘qitish va malaka oshirish imkoniyati; Aniq maosh oshirish va lavozim bo‘yicha o‘sish tizimi; Yaxshi natija ko‘rsatgan xodimlar brigadir, smena boshlig‘i yoki sex boshqaruvi lavozimlariga ko‘tarilishi mumkin.   Biz kutayotgan nomzod xodim Barqaror ish o‘rniga ega bo‘lishni istashi; Yangi ko‘nikmalarni o‘rganishga tayyor bo`lishi; Mas’uliyatli va tashabbuskorlikka intilishi; Ishlab chiqarish muhitida ishlashga moslasha olishi kerak bo`ladi. Bog‘lanish uchun +998 92 070 57 74 Aray Qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish vaqti: Dushanba – Juma: 09:00 – 17:00 Shanba: 09:00 – 13:00 Ro‘yxatdan o‘tish manzili: 111/4 Buyuk Turon (Maxtumquli) ko‘chasi, Buyuk Turon MFY, Qarshi shahri, Qashqadaryo viloyati, O‘zbekiston

✅ Talablar

Bandlik turi: To‘liq stavkada bandlik Ish turi: Doimiy bandlik

📎 Manba