Shaxsiy avtomobilga ega kuryerlar

Doimiy Ish
📍 Korzinka Go Uchtepa 💰 8 000 000+ UZS 👁️ 5 ko'rish 📅 02.07.2026

📋 Tavsif

Korzinka Go Uchtepa ishga taklif qiladi! Shaxsiy avtomobilga ega kuryerlarni ishga taklif qilamiz. ## Vazifalar - Buyurtmalarni mijozlarga shaxsiy avtomobilingizda yetkazib berish - Yetkazib berish standartlariga rioya qilish ## Talablar - 18 yoshdan boshlab - Shaxsiy avtomobil va amaldagi haydovchilik guvohnomasining mavjudligi - Jamoada ishlashga tayyorlik - Oʻzbek tilini bilish va rus tilini boshlangʻich darajada tushunish ## Imtiyozlar - Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish - Ish haqini oyiga 2 marta bank kartasiga toʻlash - Kasallik varaqalari, mehnat taʼtili uchun toʻlov hamda moddiy yordam - Kuniga 2 mahal bepul issiq ovqat - Oʻzbekiston OTMlaridagi kontrakt toʻlovini qoplashda yordam (1 yil ishlagandan soʻng) - Ish tajribasi talab etilmaydi — barchasini oʻzimiz oʻrgatamiz - Barcha ustozlarimiz avval kuryer boʻlib ishlagan - Korzinka Go bilan birga oʻsish va rivojlanish imkoniyati - Barcha choychaqalar (tips) 100% sizda qoladi - Sifatli ish uchun mukofotlar - Avtomobiliga Korzinka Go reklamasini joylashtirishni istagan kuryerlar uchun bonuslar (brendlash bilan bogʻliq barcha xarajatlarni kompaniya oʻz zimmasiga oladi) - Farzandlaringiz uchun Yangi yil sovgʻalari ## Maosh tafsiloti - Ish haqi 8 000 000 soʻmdan boshlab - Daromad soatbay toʻlov, buyurtma uchun toʻlov, bosib oʻtilgan kilometr uchun toʻlov va meʼyordan ortiq vazn uchun qoʻshimcha toʻlovdan shakllanadi - Tungi smenalar uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi ## Ish vaqti - 6/1 ish jadvali - Smenani tanlash imkoniyati bilan (ertalabki / kunduzgi / kechki / tungi)

📎 Manba