Naming mutaxassisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Ba'zi insonlar biznes quradi. Ba'zilar esa o'sha biznes tarixida qoladigan nomlarni yaratadi.
Yuqori tezlikda kengayib borayotgan Dasxat Brending kompaniyasi amaliyot asosida naming mutaxassislarini ishga taklif qiladi.
Agar siz kreativ fikrlaydigan, katta maqsadlarga ega va har kuni yangi g'oyalar ustida ishlashni xohlaydigan inson bo'lsangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz.
## Vazifalar
- Yangi brendlar uchun nomlar yaratish
- Bozor va raqobatchilarni tahlil qilish
- Nom konsepsiyalarini ishlab chiqish
- Brending loyihalarda jamoa bilan ishlash
## Talablar
- 18–25 yosh
- Kreativ fikrlash qobiliyati
- Rus va ingliz tillarini conversational darajada bilish
- AI vositalaridan (ChatGPT va boshqalar) o'rtacha darajada foydalana olish
- Tez o'rganuvchan va mas'uliyatli bo'lish
- Hayotida katta maqsadlarga ega bo'lish
## Imtiyozlar
- Biz sizdan tajriba kutmaymiz
- Naming bo'yicha noldan professional darajagacha bepul o'qitamiz
- Kuchli mentorlik va real loyihalarda tajriba
- Kreativ va rivojlanishga yo'naltirilgan jamoa
- Martaba o'sishi uchun aniq imkoniyatlar
- Diplomingiz ham, tajribangiz ham hal qiluvchi omil emas
## Maosh tafsiloti
- 3 000 000 - 10 000 000 Fiksa + KPI
## Ish vaqti
- 09:00 -18:00