PET qadoqlash sehi boshlig'i
Doimiy Ish📋 Tavsif
PET qadoqlash sehi boshlig‘i
ALVIERO kompaniyasi maishiy kimyo va shaxsiy parvarish mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonalardan biri bo‘lib, jamoamizga PET qadoqlash sexi boshlig‘ini taklif etadi.
Vazifalar: PET qadoqlash sexi ishini tashkil etish va nazorat qilish.Ishlab chiqarish rejasining hajm, sifat va muddatlar bo‘yicha bajarilishini ta’minlash.Ishlab chiqarish xodimlari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish.Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish intizomiga rioya etilishini nazorat qilish.Uskunalarning samarali ishlashini ta’minlash hamda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi bilan hamkorlik qilish.Tayyor mahsulot sifatini nazorat qilish va brak miqdorini kamaytirish.Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.Mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi va sanitariya talablariga rioya etilishini ta’minlash.Ishlab chiqarish hisobotlarini yuritish.
Talablar: Ishlab chiqarish sexi boshlig‘i, uchastka rahbari yoki usta lavozimida kamida 3 yillik ish tajribasi.
PET preforma yoki PET butilka ishlab chiqarish sohasida ish tajribasi majburiy. PET qadoqlash ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi bilish.Ishlab chiqarish jamoasini boshqarish tajribasi. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va smenalar ishini tashkil etish ko‘nikmalari. MS Office dasturlarini yaxshi bilish. Mas’uliyatlilik, yetakchilik qobiliyati va natijaga yo‘naltirilganlik.
Biz taklif qilamiz: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish. Raqobatbardosh ish haqi.Ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi. Kasbiy va martaba o‘sishi imkoniyati. Zamonaviy ishlab chiqarishda ishlash imkoniyati. Korporativ mobil aloqa. Barqaror kompaniya va ahil jamoa.
✅ Talablar
Bandlik turi: To‘liq stavkada bandlik
Ish turi: Doimiy bandlik