Matematika o‘qituvchisi
Doimiy Ish📋 Tavsif
## **Sizdan kutiladi**:
**Ma'lumot**: Ta'lim sohasida oliy ma'lumotga ega bo'lish.\
**Tajriba:** Kamida 3 yillik samarali ish tajribasi.\
**Sertifikat**: Matematika fanidan A+ yoki A darajasi. Pedagogik mahorat sertifikati oliy yoki birinchi toifa.\
**Muhit**: Jamoada sog‘lom va ijobiy muhit yarata olish.
## **Asosiy vazifalar:**
**Natijaga yo‘naltirilgan o‘qitish:** Tasdiqlangan o‘quv dasturi asosida dars o‘tish va har bir chorak yakunida o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichini belgilangan maqsadli darajaga olib chiqish.\
**Imtihonlarga maqsadli tayyorlov:** O‘quvchilarni milliy sertifikat (A/A+ darajasi), DTM testlari hamda xalqaro akademik imtihonlarga (SAT, GRE kabi) tizimli tayyorlash.\
Individual rivojlanish traektoriyasi: O‘quvchilarning bilim darajasini diagnostika qilish, iqtidorli o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlash va o‘zlashtirishi past bo‘lganlar bilan alohida ishlash.\
**Akademik monitoring va tahlil**: Har bir o‘quvchining o‘sish dinamikasini ichki monitoring tizimida yuritish, natijalar asosida o‘quv metodikasiga tuzatishlar kiritish.\
**Zamonaviy metodika va texnologiyalar**: Dars jarayonida interaktiv metodlarni va raqamli ta'lim platformalarini qo‘llash orqali fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish.
## **Siz uchun yaratilgan sharoitlar**:
**Rasmiy faoliyat**: Mehnat kodeksiga muvofiq to‘liq shartnoma va kafolatlangan ta’til.\
**Barqarorlik**: Oyda 2 marta maosh olish (avans va oylik).\
**O'sish**: Har o'quv yili oshirib boriladigan ish haqi.\
**Ijtimoiy himoya**: O'zingiz va farzandingiz uchun oylik saqlanadigan kasallik ta'tillari.\
**Work-life balance**: Ish vaqtidan so‘ng ma’muriyat tomonidan bezovta qilinmaslik kafolati.\
**Aniq bonuslar**: Farzandingiz maktabimizda o‘qishi uchun 2 100 000 so'mgacha chegirma.\
**Mazali tushlik**: Maktab hududida maktab hisobidan 50% qoplanadigan mazali tushliklar.\
**Rivojlanish**: Muntazam maktab asoschisi Aziz Rahimov tomonidan trening va kurslar.