Uzum E-com Uzum Market va Uzum Tezkor loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Influence Marketing jamoasiga stajyor qabulini e’lon qiladi.
Nomzodlarga talablar:
Universitet bitiruvchilari yoki joriy yilda o‘qishni tamomlaydigan oxirgi bosqich talabalari
Hard Skills:
Rus va o‘zbek tillarini erkin bilish
O‘zbekistonning lokal digital muhitini tushunish: blogerlar, Telegram-kanallar, Instagram, YouTube va TikTok
Google Sheets / Excel dasturlaridan ishonchli foydalanish
Google Docs / Word bilan ishlashni bilish
Ijtimoiy tarmoqlardagi asosiy kontent formatlarini tushunish
Asosiy digital ko‘rsatkichlarni tushunish: qamrov, ko‘rishlar soni, ER, CPM
Kampaniya vazifalariga mos blogerlar va kanallarni izlash va tanlashni bilish
Soft Skills:
Rivojlangan muloqot ko‘nikmalari
Mas’uliyat va muddatlarga rioya qilish
Tafsilotlarga e’tiborli bo‘lish
O‘rganishga tayyorlik
Ijtimoiy tarmoqlar, blogerlar, trendlar va lokal axborot voqealariga qiziqish
Moslashuvchanlik va o‘zgarishlarga tez moslasha olish
Jamoada va kross-funksional hamkorlikda ishlay olish
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
Uzum Market va Uzum Tezkor kampaniyalari uchun blogerlar, inflyuenserlar va Telegram-kanallarni izlash va tanlash
Raqobatchilar bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash
Ma’lumotlar bazasini yuritish va muntazam yangilab borish
Joylashtirishdan oldin blogerlarning brif, auditoriya, mavzu va brend talablariga mosligini tekshirish
Integratsiyalar uchun texnik topshiriqlar, briflar va materiallarni tayyorlashda yordam berish
Blogerlar, agentliklar, pudratchilar va ichki jamoalar bilan muloqot qilish
Publikatsiya muddatlari va joylashtirishlarning to‘g‘riligini nazorat qilish
Hisobotlar uchun statistika va materiallarni to‘plash
Hisobotlarni tayyorlash va joylashtirish natijalarini tahlil qilishda yordam berish
Trendlar, yangi blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi dolzarb formatlarni kuzatib borish
Biz nima taklif qilamiz:
Rasmiy ishga joylashish
Rahbar bilan kelishilgan holda moslashuvchan ish jadvali
Raqobatbardosh ish haqi
Influence Marketing yo‘nalishida rivojlanishga qaratilgan qiziqarli vazifalar
Uzum Market va Uzum Tezkor loyihalari bilan ishlash imkoniyati
Jamoa ko‘magi va professional mentor
Stajirovkaga ariza topshirish uchun anketani to‘ldiring — biz siz bilan yaqin vaqt ichida bog‘lanamiz.
Uzum E-com jamoasiga qo‘shiling va karyerangizni biz bilan boshlang!
HR Team, Uzum E-commerce