Uzum — O‘zbekistagi biznes, onlayn xaridlar, qulay to‘lovlar va kundalik hayot uchun boshqa raqamli yechimlarni birlashtiruvchi raqamli servislar ekotizimini rivojlantirayotgan kompaniya.
Uzum Fintech — O‘zbekistonning birinchi "yakkashox" kompaniyasi va milliy Uzum ekotizimining fintech yo‘nalishi bo‘lib, uning xizmatlaridan har oy 12 milliondan ortiq foydalanuvchi foydalanadi.
Hozirda Uzum Fintech millionlab foydalanuvchilar va minglab kichik hamda o‘rta biznes vakillari uchun zamonaviy moliyaviy mahsulotlarni rivojlantirmoqda. Yo‘nalish tarkibiga Uzum Bank, Uzum Nasiya va Uzum Avto kiradi.
Biz bir-birimizga mos kelamiz, agar siz:
- 1C tizimlari bilan kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lsangiz;
- Elektron hujjat aylanishi (ДО) va hujjatlarni kelishish jarayonlarini yaxshi bilsangiz;
- 1С:ЗУП konfiguratsiyasi bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lsangiz, kadrlar hisobi va ish haqi hisoblash jarayonlarini tushunsangiz;
- Xatolar sababini tez aniqlab, samarali yechimlar taklif qila olsangiz;
- Kuchli muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lsangiz, foydalanuvchilar bilan oson til topisha olsangiz va murakkab masalalarni sodda tushuntira olsangiz;
- Ishni mustaqil tashkil eta olsangiz va vazifalarni oxirigacha yetkazsangiz.
Nimalar bilan shug‘ullanasiz:
- Bank ehtiyojlariga mos 1C yechimlarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
- 1C tizimlari bilan bog‘liq foydalanuvchi murojaatlarini tahlil qilish va qayta ishlash;
- Elektron hujjat aylanishi va hujjatlarni kelishish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash;
- Kadrlar jarayonlarini avtomatlashtirishda ishtirok etish;
- Biznes talablarini tahlil qilish va takomillashtirish uchun texnik topshiriqlar tayyorlash;
- Ichki buyurtmachilar bilan hamkorlik qilib, optimal yechimlarni ishlab chiqish;
- Joriy qilingan o‘zgarishlarni test qilish va foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash;
- Biznes ehtiyojlariga mos yangi funksiyalarni ishlab chiqish va mavjud 1C yechimlarini takomillashtirish.
Biz uchun muhim:
- Elektron hujjat aylanishi va hujjatlarni kelishish marshrutlarini chuqur tushunish;
- 1С:ЗУП bilan amaliy ishlash tajribasi, jumladan kadrlar hisobi va ish haqi hisoblash jarayonlari;
- 1C platformasida yechimlarni ishlab chiqish va takomillashtirish tajribasi;
- Biznes ehtiyojlarini tahlil qilish va samarali texnik yechimlar taklif qilish qobiliyati;
- Tafsilotlarga e'tibor va natija uchun mas'uliyat;
- Foydalanuvchilar va biznes bo‘linmalari bilan yaqin hamkorlik qilishga tayyorlik;
- Mijozga yo‘naltirilgan yondashuv va hamkasblarga yordam berishga intilish.
Biz nima taklif qilamiz:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida birinchi ish kunidan rasmiy ishga qabul qilish;
- Keng ko‘lamli ta'lim va rivojlanish imkoniyatlari;
- Hamkor kompaniyalardan chegirma dasturlari;
- Biz IT-Park rezidentimiz, mutaxassislarimiz yashash uchun ruxsatnomaga tenglashtirilgan IT-viza olishlari mumkin;
- Professional rivojlanish va o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi korporativ madaniyat;
- Asos — zo‘r ishlashning cheksiz istagi, yoqimli bonus esa — joylashuvingizga bog‘liq ITS, ta’lim va boshqa afzalliklar;
Kuchli mutaxassislardan o‘rganish imkoniyati:
- Dunyoning yetakchi kompaniyalarida tajriba orttirgan hamkasblar bilan ishlash
IT sanoatini rivojlantiramiz:
- Maqolalar, chiqishlar va IT hamjamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash orqali tajriba almashish
Tez o‘sish:
- Karyera o‘sishi stajga emas, natijaga bog‘liq. Xodimlarimiz rahbar va ekspertlar darajasiga ko‘tarilib, kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar
Zamonaviy texnika:
- Natijaga erishish uchun tanlovingizga ko‘ra kuchli texnikani taqdim etamiz