Jizzax viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi bosh mutaxassisi

Doimiy Ish
📍 Jizzax viloyati, Jizzax shahri 💰 17 000 000 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Jizzax viloyati hokimligi Bo'lim: Jizzax viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi Vazifalar: funksional vazifalarga muvofiq takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda funksional vazifalarga muvofiq topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi; tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular bo‘yicha tahliliy materiallarni va ekspert takliflarni tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini ta’minlaydi; materiallar va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda hokimning o‘rinbosariga axborot beradi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, shaharlar va tumanlar hokimliklari apparatlarining tarkibiy bo‘linmalari (iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy xizmatlar) ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda o‘rganadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar kiritadi; viloyat hokimi tomonidan o‘tkaziladigan majlislarda, shu jumladan, har haftalik apparat yig‘ilishlarida va o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha har xil komissiyalar majlislarida belgilangan tartibda ishtirok etadi; boshqaruv apparati rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni viloyat hokimining ko‘rib chiqishi uchun belgilangan tartibda kiritadi; tasdiqlangan lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, mutaxassislarni tayinlash va lavozimidan ozod qilish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshiradi, ko‘rib chiqilayotgan nomzodlarni har tomonlama o‘rganishni va ular bo‘yicha ishonchli materiallar tayyorlanishini ta’minlaydi; kelgusida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish uchun boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari faoliyatining tizimli monitoringini olib boradi; boshqaruv kadrlarini hisobga olish, ularning shaxsiy hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish va yuritish ishlarini tashkil qiladi; zaxiraga kiritilgan boshqaruv kadrlarining kasbiy bilimlarini doimiy takomillashtirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonini tashkil qilishda guruh rahbariga ko‘maklashadi; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy bo‘linmalarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruv kadrlari va ularning zaxirasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirishni va doimiy yangilab borishni ta’minlaydi/ Ish sharoitlari: 9.00-18.00 Manzil / aloqa: 130000, Jizzax shahri, Sh.Rashidov shoh ko'chasi, 63-uy 72-226-25-80

✅ Talablar

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori talablariga rioya qilish; 2. Axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish; 3. Ish yuritishda ijro intizomi qoidalariga qat’iy rioya qilish; 4. Faoliyati davomida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va sud-huquq sohasidagi o‘zgarishlar, halqaro yangiliklardan xabardor bo‘lish, bu boradiga bilim saviyasini izchillik bilan oshirib borishi; 5. Jamoat ishlarida faol ishtirok etish. 6. Halollik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, ish vaqtidan samarali foydalanish, strategik va tahliliy fikr yurita olishi, qarorlarni tez qabul qila olishi hamda ularni bajara olishi. 7. Sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda boshqa normativ hujjatlar bilan to‘liq tanishgan bo‘lishi. Tajriba: kamida 2 yil

📎 Manba