bosh mutaxassisi

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yunusobod tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 1 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Bo'lim: Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi va dasturlari ijrosini muvofiqlashtirish boʻlimi Vazifalar: 1. “Yashil” iqtisodiyotni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha hisobotlar yuritishning oʻz vaqtida tashkil etilishini taʻminlash, shuningdek, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyalari va dasturlarida belgilangan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan istiqbolli loyiha takliflarini shakllantirish; 2. Iqlim oʻzgarishining iqtisodiyot tarmoqlariga boʻlgan taʻsirini baholab borish hamda uning salbiy taʻsirini kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; 3. Iqlim oʻzgarishi va “yashil” oʻsish omillarini inobatga olgan holda makroiqtisodiy modellashtirish va prognozlashtirish jarayonida ishtirok etish; 4. Mamlakatda issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish va uglerod kvotalari savdosini rivojlantirish va yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ular boʻyicha takliflar ishlab chiqish; 5. Oʻzbekiston Respublikasida yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish boʻyicha idoralararo kengashning ishchi organi faoliyatini tashkil etish; 6. “Yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning parametrlarini tahlil qilish va prognozlashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish, ushbu sohalarda bozor mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish; 7. 2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanishning Milliy maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish boʻyicha indikatorlarini shakllantirish; 8. Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha dasturlarni monitoring qilish va natijalari boʻyicha rahbariyatga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (rahbariyat bilan kelishilgan holda) hisobotni shakllantirish. 9. 2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha masʻul vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish. 10. Lavozim yoʻriqnomasida belgilangan tartibda boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin. Ish sharoitlari: 09:00-18:00 Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй +998712035050

✅ Talablar

1. Iqtisodiyot va moliya yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʻlumotga ega boʻlishi (xorijiy va xalqaro oliy oʻquv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga afzallik beriladi). 2. Iqtisodiyot va moliya sohalari, xususan, “yashil” iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha davlat tashkilotlarda kamida 3 yillik ish stajiga ega boʻlishi; 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan “yashil” iqtisodiyotga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi; 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan, “yashil” iqtisodiyotga oid normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlash koʻnikmasining mavjudligi; 5. Iqtisodiy tahlil malaka va koʻnikmasiga ega, xususan, “yashil” iqtisodiyotga doir masalalar yuzasidan zaruriy axborot-tahliliy maʻlumotlarni sifatli tayyorlay olishi, ilgʻor xorijiy tajribani Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash boʻyicha koʻnikmasining shakllanganligi; 6. Jamoa bilan ishlash, tahliliy va kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va oʻz vazifasiga masʻuliyat bilan yondashish hamda qaror qabul qilishda professional yondashish va boshqaruvchanlik qobiliyatlariga ega boʻlish; 7. Oʻzbek tilini mukammal bilishi (rus va ingliz tillarini yaxshi darajada bilgan nomzodlarga afzallik beriladi). 8. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba