Bog‘bon mahallasi yoshlar yetakchisi.

Doimiy Ish
📍 Jizzax viloyati, Mirzacho‘l tumani 💰 5 000 000 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Mirzacho‘l tumani bo‘limi Bo'lim: Mahalladagi yoshlar yetakchilari Vazifalar: O‘rnatilgan lavozim yo‘riqnomasi talablarini bajarish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzalari va chiqishlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalarning mazmun-mohiyatini, Agentlikning vazifalari va faoliyat ko‘rsatkichlari haqida doimiy ravishda xabardor bo‘lishi, odob-axloq qoidalariga so‘zsiz rioya qilishi; xizmat faoliyati davomida turli soha mutaxassislari, ekspertlar va jamoatchilik vakillari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi zarur. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

✅ Talablar

Bakalavr darajasidagi oliy maʼlumotga (barcha sohalarda) ega boʻlishi. Mehnat staji talab etilmaydi. Yoshi 35 yoshgacha boʻlishi zarur, muomala madaniyati, oʻz fikr va mulohazalarini ifodalay olish, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonun, yoshlar siyosatiga doir farmon va qarorlardan xabardor boʻlishi lozim. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, PowerPoint va h.k) dasturlari bilan ishlash boʻyicha yetarli koʻnikmaga ega boʻlishi lozim. Davlat tilini mukammal (rus va ingliz tillaridan sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar ijobiy baholanadi) bilishi zarur. Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasi uchinchi qismida belgilangan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinishi mumkin emas.

📎 Manba