yetakchi mutaxassis

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yashnobod tumani 💰 4 015 089 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat hududiy qilish inspeksiyasi Bo'lim: Qurilish-montaj ishlar ustidan nazorat bo'limi Vazifalar: Inspeksiyadan ro'yxatdan o'tgan qurilish obyektlari va uning qurilishga mas'ul qatnashchilari ustidan Davlat nazoratini yuritish; “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik” kodeksini, Mehnat qonunchiligi va “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonundan toʻliq xabardor boʻlishi; “edo.ijro.uz”,“ijro.gov.uz”ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida ishlash; Hujjatlar bilan ishlay olish koʻnikmasiga egaligi; Kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlarga, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, strategik va tahliliy fikr yurita olishi lozim. Soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan ishlab chiqish va ular bilan ishlash tajribasiga ega boʻlishi, doimiy ravishda malakasini oshirish; Davlat tilini bilish shart (rus, ingliz va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi). Inspeksiyaga taaluqli qonunchilikdagi hujjatlarni ta’minlanishida ishtirok etish; “Shaffof qurilish” portalidagi “Davlat qurilishi nazorati” tizimida ish faoliyatini monitoringini olib borish; Huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda tekshiruv guruhlarida qatnashish Ish sharoitlari: Dushanba - Juma 9.00dan - 18.00 gacha Manzil / aloqa: Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 85-uy +998712332843

✅ Talablar

Oliy (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi), Muhandis-quruvchi, muhandis-gidrotexnik, arxitektura-shaharsozlik, (arxitektura va qurilish yoʻnalishlaridagi mutaxassisliklar), Qurilish sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega yoki qurilish nazorat sohasida kamida 1 yil ishlagan boʻlishi lozim, Qurilish sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega yoki qurilish nazorat sohasida kamida 1 yil ishlagan boʻlishi lozim Tajriba: kamida 2 yil

📎 Manba