koordinator-bosh mutaxassis
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat hududiy qilish inspeksiyasi
Bo'lim: Qurilish-montaj ishlar ustidan nazorat bo'limi
Vazifalar:
Inspeksiyadan ro'yxatdan o'tgan qurilish obyektlari va uning qurilishga mas'ul qatnashchilari ustidan Davlat nazoratini yuritish; Inspeksiyaga taaluqli qonunchilikdagi hujjatlarni ta’minlanishida ishtirok etish; “Shaffof qurilish” portalidagi “Davlat qurilishi nazorati” tizimida ish faoliyatini monitoringini olib borish; Huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda tekshiruv guruhlarida qatnashish
Ish sharoitlari:
Dushanba - Juma 9.00dan - 18.00 gacha
Manzil / aloqa:
Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko'chasi, 85-uy
+998712332843
✅ Talablar
Oliy, Muhandis-quruvchi, arxitektor, muhandis-gidrotexnik (qurilish sohasidagi yoʻnalishlar va mutaxassisliklar); Kompetensiyani rivojlantirish instituti sertifikatiga ega boʻlishi afzallik beradi. Mehnat staji kamida 3 yil. Qurilish sohasida kamida 3 yillik ish tajribasiga ega boʼlishi lozim; Malakali, amaliy tajribaga ega, yuqori darajali kasbiy va ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega, “ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida ishlash, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tushunadigan, Davlat tilini mukammal darajada bilishi (xorijiy tillarni yaxshi bilish ustunlik beradi), Hujjatlar bilan ishlay olish ko‘nikmasiga egaligi; Kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlarga, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, tashkilotning strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga ega bo‘lishi, strategik va tahliliy fikr yurita olishi; jinoyat sodir etganligi uchun ilgari sudlangan fuqarolar ularga nisbatan jazo qo‘llanilganligidan, sudlanganlik holati tugallanganligidan yoki olib tashlanganligidan va amnistiya akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar (ehtiyotsizlik orqasida, shu jumladan, mansab mavqeini suiiste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqarolar bundan mustasno); belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan, shuningdek, boshqa organ va tashkilotlardan obro‘sini to‘kadigan xatti-harakat sodir etganlik uchun bo‘shatilgan shaxslar mazkur lavozimga ishga qabul qilinmaydilar.
Tajriba: kamida 3 yil