Bo‘lim boshlig‘i (davlat va xo‘jalik boshqaruv organida)
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi
Bo'lim: Томди туман адлия бўлими
Vazifalar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni va Qarori, Vazirlar Mahkamasining qarori va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Vazirlik va Boshqarma hujjatlari bilan ushbu tuzilmaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini ta’minlash;
bo‘lim faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni so‘zsiz ijrosini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish,;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari, Boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari hamda boshqarma tarkibiy bo‘linma rahbarlarining buyruqlari hamda topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilishda qatnashish;
bo‘lim faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, bo‘limning har choraklik ish rejalarini bajarilishini ta’minlash;
“Adliya organlari va muassasalari xodimlarining Odob-axloq qoidalari” talablariga rioya qilishini ta’minlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq bo‘limda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek huquqni qo‘llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etishda qatnashish;
o‘z faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda shaxsiy hisobotini taqdim etish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, muntazam ravishda shaxsiy, shu jumladan sayyor qabullar o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga muvofiq faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash;
hokimlarga hamda davlat organlari va tashkilotlarining tumanlar (shaharlar) tuzilmalariga qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llash masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) tuzilmalarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirishni ta’minlash;
qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tumanlar tuzilmalaridagi ijrochilarga yetkazish, “respublika – viloyat – tuman – mahalla” prinsipi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot va aholining huquqiy savodsizligiga barham berish borasida, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va sud organlari bilan birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
tumanlar (shaharlar) hokimlari va xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini qonun hujjatlariga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va tahlil qilish, uning barqarorligi va bir xilligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, o‘z vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish;
davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) tuzilmalarida huquqiy ishlarning holatini monitoring qilish, shuningdek, ularning yuridik xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va metodik ta’minlashda ishtirok etish;
davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari, FHDY organlari hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati ustidan umumiy rahbarlik va nazoratni amalga oshirish;
bo‘lim tomonidan kiritilgan taqdimnomalarni ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlanishini nazorat qiladi, bu sohada amalga oshirilgan ishlarni har chorak yakunlari bo‘yicha tahlil qilib, umumlashtirib boradi va rahbariyatga tegishli takliflar kiritadi;
bo‘lim ish rejalarini bajarilishi yuzasidan hisobot beradi;
bo‘limga tegishli barcha hujjatlarni belgilangan tartibga rioya qilgan holda sifatli va muddatida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi;
Adliya vazirligi tarkibiy tuzilmalari tomonidan so‘ralgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda taqdim etadi;
Adliya vazirligi rahbariyati, boshqarma boshlig‘i va bo‘lim boshlig‘i ko‘rsatmasiga asosan hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ish sharoitlari:
Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba,juma kunlari soat 9.00dan 18.00ga qadar.Tushlik 13.00 dan 14.00ga qadar.
✅ Talablar
1. Mutaxassisligi – yurisprudensiya, davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishi.
2. Mutaxassislik bo‘yicha 4 yillik staj.
3. Karyeraviy va qo‘shimcha talablar – Adliya vazirligi tizimida boshqaruv lavozimlarda kamida 2 yil ish staji.
Tajriba: kamida 4 yil