Бош юрисконсульт
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi
Bo'lim: Навоий вилоят адлия бошқармаси ҳузуридаги Зарафшон шаҳар юридик хизмат кўрсатиш маркази
Vazifalar:
- Adliya vazirligi va viloyat adliya boshqarmasi Hay’atlari qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari buyruqlari hamda topshiriqlari, adliya boshqarmasi rahbari va uning o‘rinbosarlari, Markaz boshlig‘i buyruqlari hamda topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
- markazning ish rejasini bajarilishini ta’minlaydi;
- “O‘zbekiston Respublikasi Adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” talablariga rioya qilishini ta’minlaydi;
- markaz faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Markaz boshlig‘iga kiritadi;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqadi;
- Davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlaydi;
- Konfedensial ma’lumotlarni oshkor etmaslik hamda tarqatmaslik choralarini ko‘radi;
- “E-huquqshunos” axborot tizimi orqali yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar bilan hujjatlarni to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli aylanishini ta’minlaydi.
Ish sharoitlari:
Dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba,juma kunlari soat 9.00dan 18.00ga qadar.Tushlik 13.00 dan 14.00ga qadar.
✅ Talablar
Mutaxassisligi - yurisprudensiya yo‘nalishi.
bakalavr darajasidagi oliy yuridik maʼlumotga ega bo‘lishi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplom olgan shaxslar.Mehnat staji talab etilmaydi.