Bo‘lim boshlig‘i

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yashnobod tumani 💰 4 064 150 so'm 👁️ 2 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Bo'lim: Axborot texnologiyalari va sunʼiy intellektni rivojlantirish hamda kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻlimi Vazifalar: Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash hamda ularning ijrosini muvofiqlashtirish. Tashkilotda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, raqamli transformatsiyani amalga oshirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha strategiya hamda dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi davlat siyosati, qonunchilik hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash. Tashkilotning axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari, ma’lumotlar bazalari va raqamli platformalarini yaratish, modernizatsiya qilish, integratsiyalash hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash. Sun’iy intellekt texnologiyalarini tashkilot faoliyatiga bosqichma-bosqich joriy etish, ularning samaradorligini baholash va yangi loyihalarni ishlab chiqishni tashkil etish. Kiberxavfsizlik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash. Kiberxavflarni aniqlash, tahlil qilish va ularning oldini olish bo‘yicha tashkiliy hamda texnik choralarni ko‘rish. Axborot tizimlari va telekommunikatsiya infratuzilmasining himoyalanganligi, barqarorligi va uzluksiz faoliyatini ta’minlash. Elektron hukumat axborot tizimlari, davlat axborot resurslari hamda boshqa idoralararo axborot tizimlari bilan integratsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish. Tashkilotning server, kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlarni saqlash tizimlari va boshqa axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilishni tashkil etish. Dasturiy ta’minot, litsenziyalar, texnik vositalar va axborot texnologiyalari xizmatlaridan samarali foydalanishni tashkil etish. Axborot tizimlarida shaxsga doir ma’lumotlar va xizmatga oid axborotlarning maxfiyligi, yaxlitligi hamda mavjudligini ta’minlash. Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasidagi loyiha va dasturlarni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish va natijadorligini baholash. Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, ichki me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar va uslubiy tavsiyalar loyihalarini tayyorlash. Tashkilot xodimlarining axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv tadbirlarini tashkil etish. Axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik yo‘nalishida xalqaro tajribani o‘rganish hamda ilg‘or yechimlarni amaliyotga joriy etish. Bo‘lim faoliyatiga oid hisobotlar, tahliliy ma’lumotlar va axborotlarni belgilangan tartibda tayyorlash hamda rahbariyatga taqdim etish. Vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda belgilangan tartibda javob berishni ta’minlash. Mehnat, ijro va xizmat intizomiga rioya etish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat etikasi hamda axborot xavfsizligi talablariga amal qilish. Qonunchilik hujjatlari va tashkilot rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри, Истиқбол кўчаси, 21-уй 71-231-16-61

✅ Talablar

Oliy, bakalavr diplomi (magistratura, ilmiy darajaga egalik afzallik beradi)ga va mazkur yo‘nalish bo‘yicha kamida 5-yillik, shuningdek rahbarlik lavozimida 1-yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim. Microsoft Office dasturi (Word, Excel, Power Point va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lish. Lavozim yo‘nalishi va funksional vazifalariga mos keluvchi bilim va ko‘nikmalarga, energetika sohasi va vazirlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar haqida bilimga ega bo‘lishi. O‘zbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilish. Tajriba: kamida 5 yil

📎 Manba