Tez tibbiy yordam ko'chma brigadasi shifokor (vrach) mutaxassisi

Doimiy Ish
📍 Xorazm viloyati, Urganch shahri 💰 3 550 000 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filiali Bo'lim: RTTYM Xorazm viloyat filiali Qo'shko'pir tuman stansiyasi Vazifalar: Ish faoliyatida navbatchilik jadvaliga muvofiq, TTYo uchun tasdiqlangan maxsus kiyimda, odob axloq normalariga rioya qilgan holda, ish vaqti boshlanishiga tayyor xolatda bo`lishi. Chaqiruvlar bo‘yicha tezkor chiqish, bemorning holatini baholash va differensial tashxis qo‘yish va bemorga shoshilinch yordam ko‘rsatish. Favqulodda holatlarda hayot uchun xavfli bo‘lgan vaziyatlarni aniqlab, zudlik bilan yordam ko‘rsatish (o‘pka yurak reanimatsiya, nafas yo‘llarini tiklash, qon aylanishini tiklash va x.o). Tashxis qo‘yish uchun obektiv ko‘rik, EKG, saturatsiya, qon bosimi, puls va boshqa muhim ko‘rsatkichlarni baholash. Dori vositalarini faqat ko‘rsatmaga asosan va dozalari belgilangan tartibda qo‘llash. Narkotik va psixotrop vositalarni qo‘llashda qonunchilik va xavfsizlik talablariga rioya qilish. Bemorni statsionar muassasaga yotqizish zarurati tug‘ilganda, xavfsiz transportirovkani ta’minlash va buni ATAT (elektron) tizimida to‘g‘ri va to‘liq rasmiylashtirish. Voqea joyida o‘zini va brigada a’zolarini xavfdan asrash chora-tadbirlarini ko‘rish. Har bir chaqiruvdan so‘ng , elektron chaqiruv kartasini aniqlik bilan to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirish, dori sarfi (Apteka modul sistemasida), harakatlar ketma-ketligi, EKG natijalari, barcha tibbiy manipulyatsiyalar, xizmat davrida bo‘lgan har qanday holatni tizimda qayd etish. Tibbiy asbob-uskunalar va dori vositalarining texnik holatini tekshirib borish, ulardan foydalanish qoidalariga rioya qilish. Tibbiy sir saqlanishi, bemor axborotining maxfiyligi va kasbiy deontologiya tamoyillariga qat’iy amal qilish. Ish faoliyatida tashkilot ichki tartib qoidalari, mehnat muhofazasi, yong‘in xavfsizligi, texnika xavfsizligi va sanitariya qoidalariga qatiy rioya qilishi va shu hujjatlar asosida ishni tashkil etish. Lavozim doirasida xizmat yozishmalari, hisobotlar va topshiriqlarni elektron tarzda olib borishni bilish, hujjatlarni lotin alifbosida yuritish. Jamoat ishlarida faol ishtirok etish. O‘z vazifalari bo‘yicha zamonaviy bilimlarni muntazam yangilab borish, har 5(besh) yilda kamida 1 marotaba malaka oshirish kurslarida qatnashib yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi. Qonun xujjatlarida belgilangani kabi, talab etilgan ish staj yillarida, belgilangan malaka toifasiga ega bo‘lishi shart. Ish sharoitlari: smenali ish rejimi asosida. Manzil / aloqa: Хоразм вилояти .Урганч шаҳар. К.Атаниязов кучаси 1 уй 998919930333

✅ Talablar

Chaqiruv brigada vrachi lavozimiga "Davolash ishi" va "Pediatriya" mutaxassisligi bo‘yicha oliy tibbiy ma’lumotga ega, belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan, amaliyotga ruxsat olgan va “Tez tibbiy yordam” mutaxassisligi bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassis tayinlanadi.

📎 Manba