Bo'lim boshlig'i

Doimiy Ish
📍 Qashqadaryo viloyati, Koson tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 1 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Koson tuman bo'limi Bo'lim: O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Vazifalar: mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomalari shartlariga rioya etish; ish tartibi, ichki mehnat va ijro intizomi, ushbu yo‘riqnoma va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga amal qilish; Agentlik Nizomi va boshqa ichki idoraviy hujjatlari qoidalariga rioya qilish; ish beruvchining qonuniy topshiriqlarini bajarish; ish beruvchining mol-mulkiga (shu jumladan uchinchi shaxslarning ish beruvchida turgan mol-mulkiga, agar ish beruvchi ushbu mol-mulkning but saqlanishi uchun javobgar boʻlsa) nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlish; ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda va doirada qoplash; boshqa xodimlarning oʻz mehnat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmaslik; ish beruvchining tegishli topshirigʻiga muvofiq xizmat safariga chiqish; davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish; “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning 12 va 13-moddalarida belgilangan davlat fuqarolik xizmatchisining majburiyatlari va davlat fuqarolik xizmatchisi faoliyatiga oid cheklovlarga rioya qilish; tegishli yig‘ilishlarda, anjumanlarda, seminarlarda, ko‘rgazmalarda va boshqa tadbirlarda o‘rnatilgan tartibda Agentlik nomidan ishtirok etish; o‘ziga yuklatilgan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishini ta’minlash; Agentlik tizimiga aloqador faoliyati bilan bog‘liq tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etish va davlat tilida ish yuritish qoidalariga to‘liq rioya qilish. Ish sharoitlari: ish kunlari: dushanbadan jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

✅ Talablar

oliy ma’lumotga ega; mutaxassislik talab etilmaydi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi); soha bo‘yicha 2 yildan kam bo‘lmagan mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim; davlat tilini bilishi (Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lishi afzalliklar beradi); odob-axloq normalariga rioya etadigan; davlat organlari va tashkilotlaridan salbiy sabablarga ko‘ra belgilangan tartibda ishdan bo‘shatilmagan bo‘lishi; kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, MS Office ilovalarining ofis to‘plami hamda Internet tarmog‘idan foydalana olishi; Ish vaqtidan samarali foydalana olishi va tadbirlarni rejalashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan; soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlaridan xabardorligi hamda ularni qoʻllash uchun zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlarni ishlab chiqish tajribasi; doimiy ravishda malakasini oshirganligi; kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlarga, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, tashkilotning strategik maqsadlariga erishishni taʼminlash xususiyatlariga ega boʻlishi, strategik va tahliliy fikr yurita olishi. Tajriba: kamida 2 yil

📎 Manba