yetakchi mutaxassis
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Surxondaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi
Bo'lim: qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat bo'limi
Vazifalar:
Loyiha hujjatlari bo‘yicha qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishida va qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektlarning foydalanishga qabul qilinishida shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunlar, shaharsozlik me’yorlari, qoidalari va standartlariga rioya qilinishini, qurilish sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirish;
buyurtmachining texnik nazorati va loyiha tashkilotlarining mualliflik nazoratini, pudratchining ichki nazorat tizimini olib borishini:
qurilish obyektlarida qo‘llanilayotgan qurilish materiallari, mahsulotlari va konstruksiyalarining shaharsozlik normalari va qoidalari, standartlari talablariga hamda loyiha hujjatlarida qabul qilingan texnik yechimlarga, qurilish-montaj ishlarining barcha bosqichlariga rioya etishlari ustidan davlati nazoratini amalga oshirish;
yangi qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik jihatdan zaifligini bahaolash, mavjud binolar va inshootlarning instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazilishida qatnashish ishlarini amalga oshiradi.
Qurilish obyektlarida tasdiqlangan loyiha hujjatlari, amalga oshirilayotan qurilish-montaj ishlarida shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunlarga, qurilish me’yorlari va qoidalari hamda standartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
qurilish obyektida buyurtmachi, loyiha tashkiloti va pudratchi tomonidan ijro hujjatlarini yuritilishini, shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini hamda qurilish sohasida qonunda ko‘rsatilgan lisenziyali faoliyat turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatlarning mavjudligini nazorat qilish;
o‘zining nazoratida bo‘lgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan, qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish xay’ati tarkibida ishtirok etish ishlarini amalga oshiradi.
Ish sharoitlari:
9.00 dan 18.00 gacha
Manzil / aloqa:
Сурхондарё вилоят Термиз шаҳри Тараққиёт кўчаси 42-уй
76-224-09-50
✅ Talablar
“Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik” kodeksini, Mehnat qonunchiligi va “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonundan toʻliq xabardor boʻlishi;
“edo.ijro.uz”,“ijro.gov.uz”ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimida ishlash;
Hujjatlar bilan ishlay olish koʻnikmasiga egaligi;
Kasbiy, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy fazilatlarga, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qatʼiy harakat qilish, strategik va tahliliy fikr yurita olishi lozim.
Soha boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi, normativ-huquqiy hujjat hamda standartlardan ishlab chiqish va ular bilan ishlash tajribasiga ega boʻlishi, doimiy ravishda malakasini oshirish;
Davlat tilini bilish shart (rus, ingliz va boshqa tillarni bilish afzallik hisoblanadi).
Tajriba: kamida 2 yil