yetаkchi yuriskonsulti

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yunusobod tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 1 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Bo'lim: Ma'muriy, ijtimoiy va idoraviy qonunchilik bo‘limi Vazifalar: 1. Departament faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarning amalga oshirilishida ishtirok etish, oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish; 2. Departament faoliyatiga doir masalalarning tezkor yigʻilishlarda muhokama qilinishida hamda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilishida ishtirok etish; 3. Departamentga yuklatilgan topshiriq va vazifalarni bajarish yuzasidan vazirlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilmalari, hududiy iqtisodiyot va moliya organlari, vazirlik tizimidagi tashkilotlardan xizmat maqsadlarida foydalanish va ishni tashkillashtirish uchun belgilangan tartibda zarur maʼlumotlarni soʻrab olish; 4. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari yuzasidan huquqiy ekspertizani, xususan, ularning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, oʻzgartirish va bekor qilishda ishtirok etish; 5. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, tayyorlash, koʻrib chiqish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazishda ilmiy yondashish hamda ilmiy-tahliliy materiallarni oʻrganish; 6. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish, roʻyxatdan oʻtkazish va yuritish; 7. Faoliyatiga tegishli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan loyihalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish; 8. Lavozim yoʻriqnomasi va qonunchilikda belgilangan boshqa vazifalarni bajarish. Ish sharoitlari: 09:00-18:00 Manzil / aloqa: Тошкент шаҳри, Юнусобод тумани Истиқлол кўчаси 29-уй +998712035050

✅ Talablar

1. Huquqshunoslik yo‘nalishi boʻyicha tugallangan oliy ma’lumotga ega boʻlishi; 2. Yuridik yo‘nalish boʻyicha kamida 2 (ikki) yillik ish stajiga ega boʻlishi; 3. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi: fuqarolik, mehnat, moliya, soliq, maʼmuriy, iqtisodiy-protsessual va jinoyat huquqi normalarini bilishi va ish faoliyatida qoʻllash koʻnikmalari shakllanganligi; 4. Mamlakatimiz ichki va tashqi siyosatida sodir boʻlayotgan yangiliklardan xabardor boʻlib borishi, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tushunishi; 5. Jamoa bilan ishlash, oʻz bilim va malakasini uzluksiz oshirib borish, oʻzaro tajriba almashgan holda ish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ilgʻor tajribalarini joriy etib borish koʻnikmalariga ega boʻlishi, xushmuomala va boshqaruvchanlik qobiliyatlariga ega bo‘lishi, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, oʻzgartirish va bekor qilish, xususan, ular yuzasidan huquqiy ekspertizani amalga oshirish, fuqarolik, tadbirkorlik va mehnat qonunchiligi boʻyicha shartnoma va bitimlar tuzish hamda ularni bekor qilish tartibi toʻgʻrisida amaliy va nazariy bilimlarga ega boʻlishi; 6. Kompyuter texnikasi hamda dasturlarida (MS Office) mukammal darajada ishlay olishi; 7. Oʻzbek tilini mukammal bilishi (rus va ingliz tillarini yaxshi darajada bilgan nomzodlarga afzallik beriladi). 8. Xotin-qiz nomzodlarga afzallik berilishi mumkin. Tajriba: kamida 2 yil

📎 Manba