Qo‘qon shahar "Istiqbol" MFY hokim yordamchisi

Doimiy Ish
📍 Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri 💰 6 690 824 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Qo'qon shahar hokimligi Bo'lim: Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari Vazifalar: O‘zbekiston Respublikasining «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida» 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-sonli Qonunining 28-moddasida belgilangan Davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish shartlari ya’ni: o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar; sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; sudning qarori bilan muayyan muddatga davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilingan shaxslar; korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda sud tomonidan aybdor deb topilgan shaxslar; og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar; tibbiy xulosaga asosan sog‘lig‘ining holati davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash imkonini bermaydigan shaxslar; davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan, «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etishni rad qilgan shaxslar qabul qilinmaydi. Ish sharoitlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha Manzil / aloqa: Фарғона вилояти Қўқон шаҳар Турон кўчаси 1 уй 735421014

✅ Talablar

1.Bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga (Iqtisodiyot, moliya, soliq, menejment, bank ishi, buxgalteriya, biznes boshqaruvi va boshqa iqtisodiy sohalarida mutaxassis) ega bo‘lishi lozim.Tadbirkorlik faoliyatida (ta’sischi yoki mazkur tadbirkorlik faoliyatini boshqargan) yuqori natijalarga erishgan, intiluvchan, qobiliyatli, sohada 5 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkorlar, faol yoshlar, istisno tariqasida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin. 2. Kamida 3 yil ish tajribaga ega bo‘lgan, Investitsiyalar, sanoat va savdo, Iqtisodiyot va moliya, Kambagallikni qisqartirish va bandlik vazirliklarida, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy bo‘linmalarida bo‘lim (sho‘ba) boshlig‘idan past bo‘lmagan lavozimda ishlagan rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda rahbar bo‘lib ishlagan nomzodlar qabul qilinadi. 3. Mircosoft Office dasturi (Word, Excel,PowerPoint va h.k), zamonaviy axborot texnologiyalarida va internet tarmog‘ida mustaqil foydalanuvchi sifatida turli ish dasturlari bilan ishlash bo‘yicha yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishi lozim. 4. Nomzodlarni baholashda quyidagilarga afzalliklar beriladi: Hududlarda iqtisodiy o‘sish omillarini tahlil qilish hamda ijtimoiy- iqtisodiy strategik dasturlarni ishlab chiqish, investitsiyalarni jalb etish va yuritish siyosati, islohotlarni muvofiqlashtirish va boshqarish tajribasiga ega bo‘lgan nomzodlar. Chet tilini bilishi (xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan yoki xorijiy mamlakatlarda oliy ta’limni bitirgan nomzodlar). 5. Nomzodning O‘zbekiston Respublikasi Yagona milliy mehnat tizimida (YAMMT IDAK) maʼlumotlari to‘liq bo‘lish shart. Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba