Ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish bo‘yicha mutaxassis (operator)

Doimiy Ish
📍 Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahri 💰 5 020 000 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi Bo'lim: Shirin shahridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Vazifalar: - Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy himoya tizimi va uning tashkilotlari toʻgʻrisida umumiy tushunchaga ega boʻlishi; - “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining maqsad va vazifalari, ularning tashkiliy tuzilmasi hamda yoʻnalishlari toʻgʻrisida bilishi; - ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordamlar sohasidagi qonunlar, qarorlar va farmonlardan xabardorligi; - murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va yoʻnaltirish jarayonini, jumladan murojaat etish mexanizmlarini; - aholiga xizmat koʻrsatish jarayonida hujjatlarni qabul qilish, ularni tekshirish, qayta ishlash va yuborish qoidalarini; - ijtimoiy xizmatlar foydalanuvchilarining shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish va maxfiylik qoidalarini; - ijtimoiy xizmat faoliyatiga doir huquqiy va amaliy hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va taqdim etish tartibi. Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha Manzil / aloqa: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Taraqqiyot mahallas, A.Navoiy shoh ko‘chasi, 43-uy 67-225-44-12

✅ Talablar

Oʻzbekiston Respublikasidagi oʻrta-maxsus yoki oliy taʼlim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy taʼlim tashkilotlarining oʻrta-maxsus yoki oliy maʼlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlish (oliy taʼlim, magistratura darajasiga egalikka ustuvorlik beriladi). Mutaxassislik yoʻnalishi boʻyicha tarmoqlarda kamida 1 yil (oʻrta-maxsus maʼlumotga ega nomzodlar uchun ijtimoiy soha tarmoqlarida 2 yil) Tajriba: kamida 1 yil

📎 Manba