Шифокор рентгенолог

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yashnobod tumani 💰 4 256 047 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yashnobod tumani I.Irgashev nomli shahar 4-son klinik shifoxonasi Bo'lim: Kompyuter tomografiya xonasi Vazifalar: - Bemoring anamnezini o‘rganish (kreatinin miqdori, allergiya bor-yo‘qligi) - Kontrast yuborishga qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash (masalan, buyrak yetishmovchiligi yoki qalqonsimon bez kasalliklari) - Bemorga muolajaning borishi va nafas olish tartibini tushuntirish - Har bir bemor uchun individual protokolni tanlash (bosh miya, o‘pka arteriyasi, aorta va h.k.) - Bolus Tracking (kontrastning tomirga yetib borishini kuzatish) tizimini to‘g‘ri sozlash - Skanerlash jarayonini nazorat qilish va tasvir sifatini ta’minlash - Olingan xom tasvirlarni (raw data) qayta ishlash (3D model yaratish, tomirlarning stenti yoki stenosini baholash) - Shoshilinch holatlarda (insult, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi — TELA, aorta qatlamlanishi) tezkorlik bilan dastlabki xulosani berish va davolovchi shifokorga xabar qilish - Tibbiy hujjatlarni (jurnallar va elektron baza) to‘g‘ri yuritish - Rentgen laboranti ishini nazorat qilish va unga ko‘rsatmalar berish - Bo‘limdagi texnika va apparatlarning sozligini kuzatish, nosozlik aniqlansa, tegishli xizmatlarni ogohlantirish. Ish sharoitlari: grafik asosida Manzil / aloqa: Ташкент, Яшнободский район, махаллинский сход граждан Бирлашган 71.296-14-22

✅ Talablar

- Oliy tibbiy ma’lumot va "Rentgenologiya" (yoki Nur diagnostikasi) yo‘nalishi bo‘yicha internatura/klinik ordinatura yoki qayta tayyorlov kursini tamomlaganlik haqidagi diplom - MSKT apparatida ishlash va KT-angiografiya bo‘yicha maxsus malaka oshirish kurslaridan o‘tganlik (sertifikat) - KT apparatining ishlash prinsiplari va turli "protokol"larni sozlashni bilish - Bolyus inyektor (avtomatik shprits) bilan ishlash ko‘nikmasi - Tasvirlarni qayta ishlash dasturlari (MPR, MIP, VR — 3D rekonstruksiya) bilan mukammal ishlash - Inson anatomiyasi (ayniqsa qon tomirlar tizimi) va patologiyasini mukammal bilish - Kontrast moddalarga nisbatan yuzaga keladigan anafilaktik shok va boshqa nojo‘ya ta’sirlarda birinchi yordam ko‘rsatish algoritmini bilish.

📎 Manba