jarrox shifokori

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani 💰 2 448 889 so'm 👁️ 1 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Mirzo Ulug'bek tuman tibbiyot birlashmasi 5-son oilaviy poliklinika Bo'lim: Bo‘linma mavjud emas Vazifalar: Jarrox shifokori lavozimiga tibbiyot institutini o’z mutaxassisligi bo’yicha tugatgan, tegishli sohasida maxsus tayyorgarlikga ega bo’lgan malakali vrach tayinlanadi. 2. Jarrox shifokori qonunga asosan ishga qabul qilinishi va ishdan bo’shatilishi bosh vrach tomonidan amalga oshiriladi. 3. Jarrox shifokori bosh vrach, bosh vrach o’rinbosari va bo’lim mudiriga bo’ysinadi. 4. Jarrox shifokori o’z ish faoliyatida va ishini tashkillashtirishda yuqori tashkilotlardan tushgan Nizom, farmonlar, qarorlar, buyruqlar, uslubiy qo’llanmalar va bosh vrach buyruqlari, ko’rsatmalari asosida ishlaydi. Ish sharoitlari: grafik asosida

✅ Talablar

Jarrox shifokori lavozimida faoliyat yuritgan xolda sog’liqni saqlash tizimiga oid barcha qonun va me’yoriy hujjatlarga, SSV va Toshkent SHSSBB buyruq va ko‘rsatmalariga, tuman tibbiyot birlashma Nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomasi va boshqa lokal xujjatlarga to‘la rioya qilish va ulardagi talablari bekami-ko’st bajarish; 2.Bemorlarni roziligisiz, bolalarni ota-onasi, vasiy va xomiysining roziligisiz zarur xujjatlarni rasmiylashtirmasdan jarroxlik muolajalari o‘tkazmaslik, qon va qon preparatlari quymaslik, hamda sanitariya-gigiyena va epidemiologik chora-tadbirlari o‘tkazmaslik; 3.Amaldagi qonun-qoida va tartibga zid ravishda bemorlarga maslahat bermaslik; 4.Yuqumli va OITS kasalliklarining oldini olish maqsadida buyruq va ko’rsatmalarida belgilangan himoya vositalarini qo’llanmasdan tibbiy va jarrohlik muolajalarni bajarmaslik; 5.Shifokorlik siri hisoblangan ma‘lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibga zid ravishda taqdim etmaslik; 6.Turli firmalarni dori mahsulotlarini bosh vrach ruxsatisiz ishlatmaslik va tarqatmaslik; 7.Odob-ahloq qoidalariga, kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilish Jarrox shifokori ambulator-poliklinika sharoitida bemorlarga yuqori toifadagi xirurgik tibbiy xizmat ko‘rsatadi. 2. Jarrox shifokori: - aholiga ambultor-poliklinika sharoitida o’z vaqtida sifatli xirurgik tibbiy yordam ko’rsatish ; - Jarohat olgan, zaharlangan va og’ir axvoldagi bemorlar murojaat etilganda turar joyidan kat’iy nazorat birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishi; - Bemorlarni o’z vaqtida klinik-diagnostik tekshiruvlaridan o‘tkazib, rejali ravishda xirurgik davolash muolajalarini standart asosida belgilash; - Kerakli vaqtda bemorlarni bo’lim mudiriga va poliklinikadagi boshqa tor doiradagi mutaxassislarga, uchastka vrachiga va boshqa tibbiy tashkilotlarga konsultasiyaga yuborish; - Bemorlarning ishga qobiliyatsizlik davrida mehnatga qobiliyatsizlik varaqasi ochish; - Xirurgik bemorlar o‘rtasida dispanserizasiya bo’yicha kompleks ishlarini tashkil etish ( dispanser bemorlarni o’z vaqtida aniqlash va ularni ro‘yxatga olish, tibbiy-oqartuv ishlarini o ‘ tkazish) nozologik formaga binoan dispanser ro‘yxatni to‘g’ri tashkil etish dispanser ruyxatga kiruvchilar ustidan nazoratini sifatli tashkil etish va tahlil qilish; 3.Aholini profilaktik tibbiy ko’rikdan o‘tkazishda qatnashish va xirurgik kasallarni barvaqt aniqlash; 4. Sog’lig’i yomonligi sabali poliklinikaga qatnay olmaydigan bemorlarni uyiga borib konsultasiya qilish va ularni davolanish uchun shifoxonalarga yuborish. 5. Doimiy ravishda bemorlar o’rtasida tibbiy oqartuv ishlarini, sog’lom turmush tarziga sanitariya va gigiyena me ‘yorlariga amal qilish haqida targ’ibot ishlari olib borish; 6. Vrachning ish vaqti bosh vrach tasdiqlangan jadval asosida tuziladi. 7. Jarrox shifokori har 5 yilda o‘z tibbiy malaka saviyasini vrachlar malaka oshirish institutida oshirish va malaka toifasini oshirish; 8.Xirurgiya xona xamshiralarni bemorlarga ko‘rsatayotgan muolajalarini, dez.rejim qoidalariga rioya qilishini va tozalash ishlarini olib borishini nazorat qiladi.

📎 Manba