Шифокор рентгенолог
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Yashnobod tumani I.Irgashev nomli shahar 4-son klinik shifoxonasi
Bo'lim: Kompyuter tomografiya xonasi
Vazifalar:
- Bemoring anamnezini o‘rganish (kreatinin miqdori, allergiya bor-yo‘qligi)
- Kontrast yuborishga qarshi ko‘rsatmalarni aniqlash (masalan, buyrak yetishmovchiligi yoki qalqonsimon bez kasalliklari)
- Bemorga muolajaning borishi va nafas olish tartibini tushuntirish.
- Har bir bemor uchun individual protokolni tanlash (bosh miya, o‘pka arteriyasi, aorta va h.k.)
- Bolus Tracking (kontrastning tomirga yetib borishini kuzatish) tizimini to‘g‘ri sozlash
- Skanerlash jarayonini nazorat qilish va tasvir sifatini ta’minlash
- Olingan xom tasvirlarni (raw data) qayta ishlash (3D model yaratish, tomirlarning stenti yoki stenosini baholash)
- Shoshilinch holatlarda (insult, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi — TELA, aorta qatlamlanishi) tezkorlik bilan dastlabki xulosani berish va davolovchi shifokorga xabar qilish
- Tibbiy hujjatlarni (jurnallar va elektron baza) to‘g‘ri yuritish
- Rentgen laboranti ishini nazorat qilish va unga ko‘rsatmalar berish
- Bo‘limdagi texnika va apparatlarning sozligini kuzatish, nosozlik aniqlansa, tegishli xizmatlarni ogohlantirish.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Ташкент, Яшнободский район, махаллинский сход граждан Бирлашган
71.296-14-22
✅ Talablar
- Oliy tibbiy ma'lumot va "Rentgenologiya" (yoki Nur diagnostikasi) yo'nalishi bo'yicha internatura/klinik ordinatura yoki qayta tayyorlov kursini tamomlaganlik haqidagi diplom
- MSKT apparatida ishlash va KT-angiografiya bo‘yicha maxsus malaka oshirish kurslaridan o'tganlik (sertifikat)
- KT apparatining ishlash prinsiplari va turli "protokol"larni sozlashni bilish
- Bolyus inyektor (avtomatik shprits) bilan ishlash ko'nikmasi
- Tasvirlarni qayta ishlash dasturlari (MPR, MIP, VR — 3D rekonstruksiya) bilan mukammal ishlash
- Inson anatomiyasi (ayniqsa qon tomirlar tizimi) va patologiyasini mukammal bilish
- Kontrast moddalarga nisbatan yuzaga keladigan anafilaktik shok va boshqa nojo'ya ta'sirlarda birinchi yordam ko'rsatish algoritmini bilish.