Pediatr hamshirasi
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: 72-sonli oilaviy poliklinika
Bo'lim: Shifokorlar bo'limi
Vazifalar:
1. Pediatr hamshirasi lavozimida faoliyat yuritgan xolda sog‘liqni saqlash tizimiga oid barcha qonun va me’yoriy hujjatlarga, SSV va Toshkent ShSSBB buyruq va ko‘rsatmalariga, tuman tibbiyot birlashma Nizomi, ichki mehnat tartib qoidalari, jamoa shartnomasi va boshqa lokal xujjatlarga to‘la rioya qilish va ulardagi talablari bekami-ko‘st bajarish;
2.Bemorlarni roziligisiz, bolalarni ota-onasi, vasiy va xomiysining roziligisiz zarur xujjatlarni rasmiylashtirmasdan tibbiy muolajalari o‘tkazmaslik, qon va qon preparatlari quymaslik, hamda sanitariya-gigiena va epidemiologik chora-tadbirlari o‘tkazmaslik;
3.Yosh bolalarni va chaqaloqlarni amaldagi qonun-qoida va tartibga zid ravishda asrab olish borasida maslahat bermaslik;
4.Yuqumli va OITS kasalliklarining oldini olish maqsadida buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan himoya vositalarini qo‘llanmasdan tibbiy muolajalarni bajarmaslik;
5.Vrachlik siri hisoblangan ma’lumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibga zid ravishda taqdim etmaslik;
6.Turli firmalarni dori mahsulotlarini bosh vrach ruxsatisiz ishlatmaslik va tarqatmaslik;
7..Odob-ahloq qoidalariga, kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya qilish;
Ish sharoitlari:
grafik asosida
✅ Talablar
1. Pediatr hamshirasi o‘ziga biriktirilgan MTMdagi bolalarga yuqori toifadagi tibbiy xizmat ko‘rsatadi.
2.Jarohat olgan, zaharlangan va og‘ir axvoldagi bemorlar murojaat etilganda turar joyidan kat’iy nazorat birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatadi.
3.Bemorlarni o‘z vaqtida klinik-diagnostik tekshiruvlaridan o‘tkazib, rejali ravishda tibbiy muolajalarini standart asosida belgilangan xolda amalga oshiradi.
4. Kerakli vaqtda bemorlarni bo‘lim mudiriga va poliklinikadagi uchastka vrachi, hamda boshqa tor doiradagi mutaxassislarga va boshqa tibbiy tashkilotlarga konsultatsiyaga yuboradi.
5.MTMdagi bolalarni dispanserizatsiyasi bo‘yicha kompleks ishlarini tashkil etish ( dispanser bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni ro‘yxatga olish, tibbiy-oqartuv ishlarini o‘tkazish va o‘z vaqtida davolash) nozologik formaga binoan dispanser ro‘yxatni to‘g‘ri tashkil etish dispanser ruyxatga kiruvchilar ustidan nazoratini sifatli tashkil etish va tahlil qilish;
- MTM bolalarini o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va ko‘rik to‘g‘risidagi ma’lumot berish;
- MTMlarda profilaktik emlash ishlarini o‘tkazishni nazorat qilish va tashkillashtirish;
-Yuqumli kasalliklarni o‘z vaqtida aniqlash, tashxis qo‘yish va davolash, o‘z vaktida bulim boshlig‘iga hisobot topshirish va yuqumli kasalliklar vrachiga yuqumli kasallik bilan og‘rigan bemorlar aniqlanganda va gumon qilinganda ma’lumot berish;
- O‘z vaqtida DSENMga xabarnoma berish;
- Doimiy ravishda tibbiy oqartuv ishlarini olib borish, MTM faollari bilan ish olib borish;
- Oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, inson salomatligi, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligini muxofaza qilish, sog‘lom turmush tarziga sanitariya va gigiena me’yorlariga amal qilish haqida targ‘ibot ishlari olib borish;
6. Pediatr hamshirasi ish vaqti bosh vrach tasdiqlangan jadval asosida tuziladi
7. Pediatr hamshirasi har 5 yilda o‘z tibbiy malaka saviyasini vrachlar malaka oshirish institutida oshirish va malaka toifasini oshirish;