УТТ хамшираси
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Toshkent shahar Sergeli tumani 61-sonli oilaviy poliklinika
Bo'lim: Тор доирадаги хамширалар
Vazifalar:
UTT xonasi hamshirasi:
O‘z xizmat vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi;
Tibbiy hujjatlarni noto‘g‘ri yuritganligi;
Sanitariya-gigiyena va infeksiya nazorati qoidalarini buzganligi;
Tibbiy asbob-uskunalarning noto‘g‘ri ishlatilishiga yo‘l qo‘yganligi;
Bemorlarning shaxsiy va tibbiy ma’lumotlarini oshkor qilganligi;
Ichki mehnat tartibi qoidalarini buzganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
UTT xonasi hamshirasi:
Hamshiralik ishi asoslarini;
Ultratovush tekshiruvlarini o‘tkazish tartibini;
UTT apparatlari va jihozlaridan foydalanish qoidalarini;
Sanitariya-epidemiologik va dezinfeksiya talablarini;
Favqulodda holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslarini;
Tibbiy hujjatlarni yuritish tartibini;
Tibbiy etika va deontologiya qoidalarini;
Mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi lozim.
Hamshiralik ishi bo‘yicha o‘rta maxsus yoki professional tibbiy ma’lumot.
Tegishli mutaxassislik bo‘yicha amaldagi sertifikat yoki malaka hujjati.
Kompyuter va tibbiy axborot tizimlaridan foydalanish ko‘nikmasi.
Tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi.
UTT xonasi hamshirasi:
Ultratovush diagnostikasi shifokori va boshqa mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi.
Laboratoriya va boshqa diagnostika bo‘limlari bilan o‘zaro aloqada ishlaydi.
Bemorlarga tekshiruvga tayyorgarlik va tekshiruvdan keyingi tavsiyalar bo‘yicha tushuntirishlar beradi.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
✅ Talablar
1.1. UTT xonasi hamshirasi davolash-profilaktika muassasasining ultratovush diagnostikasi bo‘limi (xonasi)da faoliyat yuritadi va ultratovush diagnostikasi shifokoriga yordam beradi.
1.2. Lavozimga hamshiralik ishi bo‘yicha o‘rta maxsus yoki professional tibbiy ma’lumotga ega shaxs tayinlanadi.
1.3. UTT xonasi hamshirasi o‘z faoliyatida:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga;
Sog‘liqni saqlash sohasidagi me’yoriy hujjatlarga;
Muassasa ustaviga;
Ichki mehnat tartibi qoidalariga;
Sanitariya-epidemiologik talablar va tibbiy etika qoidalariga;
Ushbu lavozim yo‘riqnomasiga amal qiladi.
1.4. UTT xonasi hamshirasi bevosita ultratovush diagnostikasi shifokori, katta hamshira yoki bo‘lim mudiriga bo‘ysunadi.
2. Lavozim vazifalari
UTT xonasi hamshirasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Bemorlarni ultratovush tekshiruviga tayyorlaydi.
Tekshiruvga kelgan bemorlarning hujjatlarini qabul qiladi va tekshiradi.
Bemorlarga tekshiruvga tayyorgarlik ko‘rish qoidalarini tushuntiradi.
UTT shifokoriga tekshiruv jarayonida yordam beradi.
UTT apparati va yordamchi jihozlarning ishga tayyor holatini nazorat qiladi.
Sarf materiallari, gel va boshqa tibbiy buyumlar zaxirasini nazorat qiladi.
Tekshiruvdan so‘ng apparat datchiklari va jihozlarni belgilangan tartibda dezinfeksiya qiladi.
Tibbiy hujjatlar va tekshiruvlar hisobini yuritadi.
Tekshiruv natijalarini rasmiylashtirishda shifokorga ko‘maklashadi.
Xonada sanitariya-gigiyena va infeksiya nazorati talablariga rioya etadi.
Tibbiy sir va bemor ma’lumotlarining maxfiyligini ta’minlaydi.
Favqulodda holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi.