anesteziolog

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi Bo'lim: интенсив терапия ва жонлантириш бўлими стационар Vazifalar: Anesteziolog shifokor quyidagi huquqlarga ega: Zarur laborator va instrumental tekshiruvlarni tayinlash; Konsultatsiyalar va qo‘shimcha mutaxassislarni jalb qilish; Davolash usullarini klinik holatdan kelib chiqib tanlash; Mehnat faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratilishini talab qilish; Zamonaviy tibbiy uskunalar va dori vositalari bilan ta’minlanishni so‘rash; Malaka oshirish kurslari va konferensiyalarda qatnashish; Bo‘lim ish faoliyatini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish. Javobgarligi Anesteziolog shifokor: Bemorlarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatmaganligi; Noto‘g‘ri anesteziya yoki reanimatsion choralar oqibatlari; Tibbiy hujjatlarni noto‘g‘ri yuritganligi; Tibbiy maxfiylikni oshkor qilganligi; Sanitariya-epidemiologiya qoidalarini buzganligi; Mehnat va ijro intizomiga rioya qilmaganligi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradi. Ish sharoitlari: grafik asosida Manzil / aloqa: Yakkasaroy tumani Sho'ta Rustaveli ko'chasi 84-uy 998712532926

✅ Talablar

Anesteziolog shifokor quyidagi vazifalarni bajaradi: Operatsiyadan oldin bemor holatini baholash va anesteziya turini tanlash; Umumiy va mahalliy anesteziya o‘tkazish; Operatsiya vaqtida bemorning hayotiy ko‘rsatkichlarini nazorat qilish; Sun’iy nafas oldirish apparatlari va monitoring uskunalaridan foydalanish; Shoshilinch reanimatsion yordam ko‘rsatish; Yurak-o‘pka reanimatsiyasi tadbirlarini amalga oshirish; Og‘ir va kritik holatdagi bemorlarni intensiv davolash; Operatsiyadan keyingi davrda bemor holatini kuzatish; Infuzion terapiya va og‘riqsizlantirish choralarini belgilash; Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limidagi bemorlarni davolashni tashkil qilish; Tibbiy hujjatlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritish; Sanitariya-epidemiologiya tartibiga rioya qilish; O‘rta va kichik tibbiy xodimlar ishini muvofiqlashtirish; Favqulodda holatlarda tezkor qaror qabul qilish va yordam ko‘rsatish; Navbatchilikni topshirish-qabul qilish vaqtida bemorlar holati haqida to‘liq ma’lumot berish.

📎 Manba