Умумий амалиёт ҳамшираси
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Sergeli tumani 10-oilaviy poliklinikasi
Bo'lim: Умумий амалиёт хамширалари
Vazifalar:
O‘z vazifalarini bajarish uchun zarur ma’lumot va hujjatlarni olish;
Ish faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
Malaka oshirish kurslarida qatnashish;
Xavfsiz mehnat sharoitlari bilan ta’minlanishni talab qilish;
Qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish huquqiga ega.
O‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi yoki bajarmaganligi;
Tibbiy hujjatlarni noto‘g‘ri yuritganligi;
Bemorlarning shaxsiy va tibbiy ma’lumotlarini oshkor qilganligi;
Sanitariya-gigiyena qoidalarini buzganligi;
Dori vositalari va tibbiy buyumlar hisobini noto‘g‘ri yuritganligi;
Hamshiralik ishi asoslarini;
Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish standartlarini;
Sanitariya-epidemiologik talablarni;
Favqulodda yordam ko‘rsatish usullarini;
Tibbiy hujjatlarni yuritish tartibini;
Tibbiy etika va deontologiya qoidalarini;
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi lozim.
Ish sharoitlari:
grafik asosida
Manzil / aloqa:
Сергели тумани Шокирарик кучаси-18
998712516404
✅ Talablar
1.1. Umumiy amaliyot hamshirasi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasida faoliyat yuritadi va o‘z ishini amaldagi qonunchilik, sog‘liqni saqlash sohasidagi me’yoriy hujjatlar, muassasa ustavi, ichki mehnat tartibi qoidalari hamda ushbu lavozim yo‘riqnomasi asosida amalga oshiradi.
1.2. Lavozimga tibbiy hamshiralik yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus yoki professional tibbiy ma’lumotga ega shaxs tayinlanadi.
1.3. Umumiy amaliyot hamshirasi bevosita umumiy amaliyot shifokori, katta hamshira yoki muassasa rahbariyatiga bo‘ysunadi.
1.4. O‘z faoliyati davomida tibbiy etika va deontologiya qoidalariga rioya qiladi.
Umumiy amaliyot hamshirasi quyidagi vazifalarni bajaradi:
Aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishda shifokorga ko‘maklashish.
Bemorlarni qabulga tayyorlash, antropometrik o‘lchovlarni (bo‘y, vazn, tana harorati, arterial bosim va boshqalar) o‘tkazish.
Shifokor ko‘rsatmasiga binoan muolajalar bajarish.
Inyeksiya, infuziya va boshqa hamshiralik muolajalarini belgilangan tartibda amalga oshirish.
Bemorlarning ambulator kartalari va boshqa tibbiy hujjatlarini yuritishda ishtirok etish.
Profilaktik ko‘riklar, emlashlar va patronaj ishlarini tashkil etish hamda o‘tkazishda qatnashish.
Surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlarni nazorat qilishda ishtirok etish.
Sanitariya-gigiyena va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish.
Tibbiy asbob-uskunalar va dori vositalarining saqlanishini nazorat qilish.
Favqulodda holatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Tibbiy chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va utilizatsiya qilish.
Yuqumli kasalliklarning oldini olish bo‘yicha sanitariya-epidemiologik talablarga rioya qilish.