Компьютер техник мухандиси

Doimiy Ish
📍 Toshkent shahri, Sirg‘ali tumani 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Toshkent shahar Sergeli tumani 61-sonli oilaviy poliklinika Bo'lim: Техник бўлим Vazifalar: Kompyuter texnikasi xizmati muhandisi (IT-mutaxassis) o‘z vazifalarini amalga oshirishda quyidagilarga majburdir: - o‘z vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlari, ichki normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish hamda ta’minlash; - tibbiyot muassasasida joriy etilgan axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash; - axborot tizimlaridagi texnik muammolarni aniqlash va bu haqida tegishli hududiy boshqaruv organlarining raqamlashtirish shu’ba yoki tuman tibbiyot tashkiloti rahbariga axborot berish; - axborot tizimlaridan foydalanuvchi xodimlarga amaliy yordam va zarur tushuntirishlar berish; - axborotlar bazasining yangiligi, to‘g‘riligi va xavfsizligini nazorat qilish; - tibbiyot muassasasi xodimlariga elektron sog‘liqni saqlash axborot tizimlari haqida o‘quv kursi tashkil yetishda ishtirok etish; - tibbiyot muassasasidagi axborot-kommunikatsiya jihozlari va tarmoq qurilmalari holatini doimiy monitoring qilish va texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish; - axborot xavfsizligi va maxfiylik talablari bajarilishini ta’minlash; - Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘i asosida axborot tizimlarini tibbiyot tashkilotlarida joriy etish, yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlarida faol ishtirok etish; - yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish; - kompyuter texnikasi bo‘yicha hisob-kitob, xatlov va hisobotlarni yuritish; - hisobotlar, statistik ma’lumotlar va texnik axborotlarni belgilangan tartibda tayyorlash va tuman tibbiyot tashkiloti rahbari va tegishli hududiy boshqaruv organlari boshlig‘ining raqamlashtirishga mas’ul o‘rinbosariga taqdim etish; - doimiy ravishda o‘z ustida ishlash, hayotga tadbiq etilayotgan zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha malakasini oshirib borish; Ish sharoitlari: grafik asosida

✅ Talablar

Kompyuter texnikasi xizmati muhandisi (IT-mutaxassis) quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: - Sergeli tuman 61-oilaviy poliklinikaning elektron sog‘liqni saqlash axborot tizimlari bilan ishlash; - tizimdagi texnik nosozliklar yuzaga kelganda bartaraf etish; - tibbiyotda raqamlashtirish infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash; - Sergeli tuman 61-oilaviy poliklinikadagi barcha xususiy tibbiyot muassasalari bilan elektron sog‘liqni saqlash axborot tizimlari bilan ishlash bo‘yicha hamkorlikda ishlash; - turli statistik ma’lumotlarni va hisobotlarni elektron tizimda to‘g‘ri yuritilishini tashkil etish; - dasturiy ta’minotlarni o‘rnatish, sozlash va yangilab borish;

📎 Manba