mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho'basi bosh mutaxassisi (supervayzer)
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi
Bo'lim: Do'stlik tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi
Vazifalar:
Ijtimoiy xodim sifatidagi faoliyati davomida “Ijtimoiy xodimlar faoliyati samaradorligi boʻyicha KPI koʻrsatkichlari” yuqori bo‘lgan, ogʻir keyslarni muvafaqqiyatli yuritgan ijtimoiy xodimlar hamda o‘z ishiga yuqori darajada talabchan nomzodlar tavsiya etiladi.
Auditoriya bilan ishlash koʻnikmasi (trenerlik koʻnikmasi), keys-menejment amaliyoti boʻyicha toʻliq ish yurita olish va E-case modulida ijtimoiy ishni yuritishni bilish.
Ijtimoiy sohaga oid qabul qilingan normativ hujjatlarni bilishi, interviziyani oʻtkaza olish, oratorlik (notiqlik) koʻnikmasi va ijtimoiy ish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishning ilgʻor nazariy bilimlarga ega boʻlish.
Ijtimoiy ishning professional axloqiy tamoyillarini qoʻllay olish koʻnikmalari, muomala madaniyati, ijtimoiy ish xodimlari va ijtimoiy xizmatlarni oluvchi shaxslar bilan amaliy ishlash va aloqa oʻrnatish koʻnikmalarini namoyish etish.
Professional, ish etiketi va muomala madaniyatiga ega boʻlishi
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha
Manzil / aloqa:
Жиззах шаҳар Кимёгар МФЙ, А.Навоий кўчаси, 4А-уй
998901809600
✅ Talablar
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (magistratura, ilmiy daraja va ilmiy unvonga egalikka ustuvorlik beriladi)
Nomzod ijtimoiy xodimlar guruhida kamida 1 yil mehnat tajribasiga ega boʻlishi lozim.