Bolalarni ijtimoiy himoya qilish shoʼbasi mudiri

Doimiy Ish
📍 Jizzax viloyati, Jizzax shahri 💰 Maosh kelishiladi 👁️ 2 ko'rish 📅 13.07.2026

📋 Tavsif

Tashkilot: Ijtimoiy himoya milliy agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi Bo'lim: Zafarobod tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Vazifalar: - bolalaming jumladan yetim va ota-ona qaramog’idan mahrum bo'lgan, alohida ta’lim ehtiyoji bo'lgan, nogironligi bor, nazoratsiz va qarovsiz qolgan bolalaming huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ulami zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish, oilalami qo’llab-quvvatlash, shuningdek ota-onalar majburiyati sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bilish; -bolalar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid ma’lumotni tahlil qilish hamda samaradorlikni oshirish maqsadida ulardan foydalanishni, uni oldini olish choralarini ko’rish va amalga oshirish; - bolani oilaga joylashtirishning muqobil shakllari va tartibini bilish hamda amaliyotda qo’llay olish; - bola huquqlari, bola psixologiyasi, ijtimoiy ishga doir uslubiy materiallaridan xabardorligi; - ijtimoiy sohalarda hozirgi davr talablari asosida yangicha ishlash uslubilaridan xabardor, talabchan va tashabbuskor bo’lish; - vaziyatni boshqarish ko’nikmalari (baholash, ijtimoiy xizmatlar taqdim etish rejalashtirish, xizmatlarini muvofiqlashtirish, ijtimoiy ish yuritilishi holatini kuzatish va qayta-ko’rib chiqish); - alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan, jumladan nogironligi bo’lgan bolalar parvarishi, ta’limi, ularga g’amxo’rlik ko’rsatishga oid xizmat va qo’llab-quvvatlash choralarini ko’rish hamda amalga oshirish; -bolalaming hayoti va sog’lig’i, ijtimoiylashuviga xavf soluvchi omillami farqlashi, uning xavfsizligi va himoyalanganligini ta’minlash tartibini bilish; - o’zgaruvchan tizimda ishlash, doimiy kasbiy mahoratini oshirib borishga, o’zini ustidan ishlashga tayyorlik; - sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro aloqalarga oid zarur bilim va malakaga ega bo’lishi Ish sharoitlari: Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09: 00 dan 18: 00 gacha Manzil / aloqa: Жиззах шаҳар Кимёгар МФЙ, А.Навоий кўчаси, 4А-уй 998901809600

✅ Talablar

Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʻlim tashkilotlarining yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tan olinadigan chet davlatlar oliy taʻlim tashkilotlarining oliy maʻlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlish (magistr, falsafa doktori (PhD), fan nomzodi, fan doktori (DSc) ilmiy daraja yoki dotsent, professor ilmiy unvoniga ega shaxslarga mos ravishda ustuvorlik beriladi) Tajriba: kamida 3 yil

📎 Manba