Biz kompaniyaning yangi biznes yo‘nalishlari, raqamli mahsulotlari va strategik tashabbuslarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydigan yuristni izlayapmiz. Ushbu lavozim biznes, texnologiya va huquq kesishgan nuqtada ishlashni, yangi servislarni rivojlantirishda ishtirok etishni hamda kompaniyaning muhim qarorlariga ta'sir ko‘rsatishni istagan mutaxassis uchun mo‘ljallangan.
Nima bilan shug‘ullanish kerak:
Kompaniyaning yangi biznes loyihalari, mahsulot tashabbuslari va strategik yo‘nalishlarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
Shartnomalar, ommaviy ofertalar, foydalanuvchi kelishuvlari, reglamentlar va boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlash, tahlil qilish hamda kelishish;
Yangi biznes modellari, raqamli mahsulotlar va hamkorlik integratsiyalari uchun huquqiy yechimlarni ishlab chiqish;
Yangi servis va jarayonlarni ishga tushirishda huquqiy, regulyator va operatsion risklarni tahlil qilish;
Legal memo, huquqiy xulosalar va biznes hamda boshqa bo‘limlar uchun maslahatlar tayyorlash;
Kontragentlar va ichki steykholderlar bilan muzokaralarda ishtirok etish;
Jira/JSM orqali vazifalar va muddatlarni nazorat qilish.
Biz uchun muhim:
Yurist sifatida kamida 3 yillik ish tajribasi;
Shartnoma huquqi va murakkab shartnoma tuzilmalarini yuritish bo‘yicha kuchli tajriba;
E-commerce, digital, IT va iste'mol xizmatlari sohalaridagi huquqiy tartibga solishni tushunish;
Kross-funksional loyihalarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash va biznes bilan hamkorlik qilish tajribasi;
Ommaviy ofertalar, foydalanuvchi kelishuvlari, siyosatlar, reglamentlar va legal memo tayyorlash ko‘nikmasi;
Qonunchilik, sud amaliyoti va regulyator talablarini tezkor tahlil qilish qobiliyati;
Kuchli muzokara olib borish va kommunikatsiya ko‘nikmalari;
Jira/JSM bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi.
Biz nima taklif qilamiz:
Toshkent markazidagi zamonaviy va qulay ofis;
Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz
Bozordagi yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
Startap ruhi saqlanib qolgan, ammo yetuk jarayonlarga ega noyob korporativ madaniyat;
Chuqur ekspertiza qadrlanadigan kuchli mutaxassislar jamoasida ishlash;
Dress-kod va ortiqcha byurokratiyaning yo‘qligi;
Qo‘shimcha bonus sifatida — joylashuvingizga mos sog‘liqni saqlash dasturi, hamkorlardan chegirmalar va boshqa imtiyozlar.