Operatsion bo‘linmalar uchun asosiy moliyaviy hamkor bo‘ladigan Finance Business Partner’ni izlayapmiz. Ushbu lavozimda siz biznesga ma'lumotlar asosida qarorlar qabul qilishda yordam berasiz, jarayonlar samaradorligini tahlil qilasiz hamda o‘sish va xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatlarini aniqlaysiz.
Nima bilan shug‘ullanasiz:
Operatsion yo‘nalishlar rahbarlari uchun moliyaviy hamkor bo‘lish va moliyaviy masalalar bo‘yicha asosiy aloqa nuqtasi vazifasini bajarish;
Operations yo‘nalishlari: ombor, logistika, BTP va kuryerlik yetkazib berish bo‘yicha byudjet va prognozlarni shakllantirish;
Reja va amaldagi natijalarni tahlil qilish, chetlanishlar sabablarini aniqlash va yechimlar taklif etish;
Byudjet ijrosini va bo‘linmalarning moliyaviy maqsadlarga erishishini nazorat qilish;
Joriy operatsion faoliyat hamda yangi loyihalar va tashabbuslar uchun moliyaviy modellarni ishlab chiqish;
Jarayonlar samaradorligini oshirish va xarajatlarni optimallashtirish imkoniyatlarini izlash;
Boshqaruv hisobotlarini rivojlantirish, ularni yanada batafsil va biznes uchun foydaliroq qilish;
Operatsion jamoalarni qaror qabul qilish jarayonida tahliliy ma'lumotlar va moliyaviy ekspertiza bilan qo‘llab-quvvatlash.
Biz uchun muhim:
FP&A, Finance Business Partner yoki shunga o‘xshash lavozimda kamida 3 yillik ish tajribasi;
Byudjetlashtirish, prognozlash va reja-fakt tahlilini o‘tkazish bo‘yicha amaliy tajriba;
Moliyaviy modellashtirish va biznes-keyslar tayyorlash ko‘nikmasi;
Kuchli tahliliy fikrlash va katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash qobiliyati;
Excel yoki Google Sheetsni yuqori darajada bilish;
SQL va BI vositalarini bilish ustunlik beradi;
E-commerce, marketplace, logistika yoki retail sohasida ishlagan bo‘lish qo‘shimcha afzallik hisoblanadi;
Moliyaviy va boshqaruv hisobi bo‘yicha bilimlar.
Biz nima taklif qilamiz:
Professional jamoada ambitsiyali vazifalarni amalga oshirish imkoniyati;
Mamlakatdagi birinchi texnologik yakkashoxning moliyaviy strategiyasiga bevosita ta'sir ko‘rsatish imkoniyati;
Bozordagi yetakchi kompaniyalar darajasidagi ish haqi;
Karyera rivojlanishi — o‘sish uchun haqiqatan ham cheksiz imkoniyatlar taqdim etamiz;
Hamkor kompaniyalarning chegirma dasturlari;
Dress-kod va byurokratiyaning yo‘qligi.