Yangi investitsiyarni jalb qilish boshqarmasi boshlig' o'rinbosari
Doimiy Ish📋 Tavsif
Tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
Bo'lim: Yangi Investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi
Vazifalar:
Davlat fuqarolik xizmatchisi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etishi;
oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishi, davlat organi tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga, xizmatga oid axborot bilan ishlash tartibiga, shuningdek davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boshqa qoidalarga rioya etishi;
ushbu Qonunda belgilangan, davlat fuqarolik xizmatini oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlarga rioya etishi;
manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymasligi, begʻaraz va xolis boʻlishi;
davlat organining nufuzini tushirishga olib kelishi yoki uning oʻz xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan harakatlardan (harakatsizlikdan), shu jumladan oʻz xizmat majburiyatlarini bajarayotganda har qanday shakldagi kamsitishdan, noxolislikdan yoki kimgadir nisbatan alohida munosabatda boʻlishdan tiyilishi;
oʻz xizmat mavqeyidan shaxsiy va boshqa gʻayriqonuniy maqsadlarda foydalanmasligi, shuningdek oʻz xizmat faoliyatiga, davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolarning faoliyatiga qonunga xilof taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymasligi;
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi talablarga rioya etishi, shuningdek oʻz xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida olingan mazkur maʼlumotlarni oshkor qilmasligi, shu jumladan davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugaganidan keyin oshkor etmasligi;
qonunda belgilangan muddatlarda va tartibda daromadlari va mol-mulki toʻgʻrisidagi deklaratsiyani taqdim etishi;
davlat mulkining but saqlanishini taʼminlashi, oʻziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi;
oʻzining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shart.
Davlat fuqarolik xizmatchilarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ish sharoitlari:
Ish kunlari: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma. Dam olish kunlari: shanba, yakshanba. Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha
Manzil / aloqa:
111809, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Bog'zor MFY, Bog'zor ko'chasi, 1-uy
998559022222
✅ Talablar
Ta'lim da'rajasi va mutaxassislik
• Iqtisodiyot, moliya, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, huquq yoki biznesni boshqarish yo'nalishlari bo'yicha oliy ma'lumot (magistr darajasi yuqori baholanadi).
Ish staji
• Investisiya, bank-moliya, tashqi iqtisodiy faoliyat yoki davlat boshqaruvi tizimida kamida 2-3 yillik rahbarlik yoki shunga tenglashtirilgan mutaxassis lavozimidagi ish tajribasi.
Professional bilimlar
• Investisiya loyihalarini shakllantirish, moliyalashtirish va xorijiy hamda mahalliy investorlar bilan ishlash mexanizmlarini chuqur bilish.
• Xorijiy investisiya loyihalarini ishlab chiqish markazi faoliyati tamoyillaridan boxabar bo'lish.
• Iqtisodiyot va investisiyalarni jalb qilish bo'yicha ishlar 4 bosqichi yuzasidan me'yoriy-huquqiy bazani puxta bilish.
Amaliy ko'nikmalar
• Davlat organlarida mahalliy ijroiya hokimiyati tuzilmalari bilan hamkorlik qilish.
• Investisiya shartnomalari va loyiha biznes-rejalarini tahlil qilish, investorlarga hamrohlik qilish (investisiya menejeri ko'nikmalari).
• Davlat tilini mukammal bilish, kamida bitta xorijiy tilni (ingliz, rus, Xitoy yoki Arab) erkin egallash, axborot texnologiyalari (IT) va tahliliy dasturlarni yuqori darajada qo'llay olish.
Tajriba: kamida 5 yil